islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

INGLIZ TILINI OʻRGANISHDA INTERFAOL USULLARNING AFZALLIGI

Xalqimizda “til bilgan, el bilar”, “tilga eʼtibor - elga eʼtibor” degan hikmatli maqollar mavjud. Dunyodagi qaysi bir xalqni olmaylik, uning oʻz oʻrni, mavqei, milliyligi va tarixiy rivojlanish yoʻli bor. Xalqning madaniy-maʼnaviy boyligi, aql-idroki, tafakkuri hamda ilmiy va tarixiy boyliklari uning tilida oʻz ifodasini topadi. Til - ilm oʻrganish kalitidir. Tillarni puxta bilish - katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Shuning uchun ham dono xalqimiz “ish bilganga bir tanga, til bilganga ming tanga” deb bejiz aytishmagan. Hozirgi davrda ham ishni, ham chet tillarini bilish shart deb oʻylaymiz. Shunday ekan, har doim oʻqish va oʻrganishdan toʻxtamanglar.

Shayx Muhammad Obid Sindiy

“Tovali-ul anvor” asari muallifi shayx Muhammad Obid Sindiyning  to‘liq ismi shariflari quyidagicha: Muhammad Obid ibn Ahmad Ali ibn Muhammad Murod ibn Muhammad Yoqub Ayyubiy, Ansoriy, Sindiy. Alloma Muhammad Obid Sindiy nomi bilan tanilganlar. Allomaning “Ayyubiy, Ansoriy” nisbatlari, eng yuqori bobolari, buyuk sahoba Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuga borib taqaladi. Obid Sindiy rohimahulloh buyuk sahobaning zirriyotlaridan hisoblanadilar. Obid Sindiyga “Sindiy” deb nisbat berilishi sababi, avvallari “Sind” deb yuritilgan, hozirgi Pokiston hududida tavvallud topganlaridir. Alloma Pokiston hududidagi, hozirgi kunimizda ma’muriy markazi Karochi bo‘lgan, Shimoliy Haydarobodga yaqin, Siyvan(Sihvan)[1] shahrida, tahminan 1190-hijriy\1776-milodiy sanada tavallud topganlar.

КЎЗ ҚАРОҒИНГИЗДАН АЖРАЛДИНГИЗМИ?

Муолажалар тугаши арафасида жисмоний ва руҳий изтиробларим туфайли уйқумни деярли йўқотдим. Бир куни ўзимни мажбурлаб ётоқдан турдим ва таҳорат олиб, таҳажжуд намози ўқий бошладим. Ё Раббим! Мен ҳеч қачон мана шу ибодат пайтидагидек ўзимни Aллоҳга яқин ҳис қилмагандим! Одатда, тўсатдан йиғлай бошлаганимда, эрим, онам ёки қайнонам менга тасалли беришарди. Лекин бу сафар умуман бошқача бўлди.

ISLOMDA QASAM VA NAZRNING MOHIYATI HAMDA ULAR ORASIDAGI FARQLAR

Dinimiz musulmon insonning har bir so‘zini ahamiyatli deb biladi. Kundalik hayot va o‘zaro muomalalardan tortib, hatto Robbi bilan bo‘lgan ahdlashuvlarni ham tartibga solib bergan Islom insonlarga oson qilingan dindir. Qasam va nazr ahd hisoblanadi. Alloh taolo qasam va ahdga vafo qilish muhim ish ekani bois Qur’oni karimda bir necha oyatlarni nozil qilgan.

Ўн уч йил очилмаган хатлар (ёхуд олимларнинг илм таҳсил қилишдаги олий ҳимматлари)

Илм таҳсил қилишда ва илмдан ҳақиқий насибадор бўлишда олимлар бир қанча воситаларни санаб ўтганлар. Хусусан, Шайх Муҳаммад Аввома ҳазратлари ўзларининг “Маъалим иршадийя фи синаъати толиби илм” (Ҳақиқий талаба етиштиришдаги йўл-йўриқлар) асарида илм таҳсил қилиш жараёнида – “тафарруғ” яъни, буткул илм учун ажраб чиқиш, илм олишдан тўсадиган ҳар қандай ишлардан фориғ бўлишни алоҳида боб сифатида келтирадилар. Бу борада олимларнинг ақлбовар қилмас ҳикоялари бор-ки, илм ўрганаётган ҳар бир талабани жиддий ўйлантиради.
1 2 3 1 549