Qatar bugungi kunda iqtisodiy barqarorligi, zamonaviy infratuzilmasi va global tashabbuslarda faol ishtiroki bilan mintaqaning yetakchi davlatlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar, zamonaviy infratuzilma, keng ko‘lamli xalqaro loyihalar va barqaror siyosiy boshqaruv mamlakatning global maydondagi nufuzini mustahkamlab bormoqda. Neft-gaz boyliklari Qatar taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, transport va turizm kabi sohalarni diversifikatsiya qilish mamlakatning kelajakka qaratilgan strategik yondashuvini namoyon etmoqda. - Toshkent islom instituti talabasi Yoqutxon TOJIYEVA