islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37
Iyun 5, 2026

Day

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning Qur’on jamlanishida tutgan o‘rni

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhuning Qur’onni yaxlit mushaf holatiga keltirilishida qilgan xizmatlari beqiyosdir. Zayd ibn Sobit ibn Zahhoq Ansoriy Alhazrajiy roziyallohu anhuning kunyasi Abu Sa’iddir. Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga hijrat qilib kelganlarida u zot o‘n bir yoshda bo‘lib, qarindosh urug‘lari bilan birgalikda musulmon bo‘lgan edi.