Islom – faqatgina ibodatlar majmuasi emas. U – ruhni tarbiyalovchi, qalbga sayqal beruvchi va inson hayotining har bir lahzasini ezgulik bilan bezatuvchi ilohiy nizomdir. Haqiqiy musulmonlik goʻzal xulqda, har bir amal va soʻzning oʻlchovli hamda hikmatli boʻlishida namoyon boʻladi. Zero, Islom shunday hidoyatdirki: U tilni shirin va muloyim qiladi, soʻzning salmogʻini oʻrgatadi. Inson oʻz nutqini nazorat qilishi, odamlarga faqat yaxshi va yoqimli gaplarni soʻzlashi uchun Robbimiz: “Odamlarga yaxshi soʻzlar aytingiz” deya xitob qildi.