islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

SAHRODAGI MO’JIZA – QATAR

JOYLASHUVI: Qatar-Osiyoning janubi-g’arbiy qismida joylashgan.

AHOLISI: 2024-yil ma’lumotlariga ko’ra aholisi 3 milliondan ziyod. Muhojirlar 88,4%, tub aholi esa 11,6% tashkil qiladi.

HUKUMAT: Qatar konstitutsiyaviy monarxiya shaklidagi amirlik.

MAYDONI: Umumiy maydoni 11,5 km². Bu Qashqadaryo viloyatidan deyarli 2,5 barobar kichik degani.

POYTAXTI: Poytaxti- Doha shahri.

AMIR: Amir-shayx Tamim ibn Hannod al-Soni.

TARIXI: Qatarni qadimda bir necha marta Sosoniylar egallagan. VII-X asrlar oralig’ida Arab xalifaligi tarkibida bo’lgan. Al-soni sulolasi vakili 1878-yilda barcha qabilalarni birlashtirib, o’zi taxtga o’tiradi. Bu sulolani Usmonli turklar qo’llab-quvvatlaydi. 1-jahon urushida Usmonli turklar arab davlatlari ustidagi hukmronligini yo’qotadi. Shundan so’ng 1916-1971-yillar oralig’ida Qatar Britaniya protektoratiga aylanadi. 1968-yilda Britaniya Fors ko’rfazi davlatlaridan o’z askarlarini olib chiqib ketadi. Shundan so’ng 1971-yilda Qatar o’z mustaqilligini e’lon qiladi.

IQTISODIYOTI: 1939-40-yillarda Qatar hududida neft va gaz zaxiralari topiladi. Lekin bir qancha vaqt uni eksport qilishning iloji bo’lmaydi. 1997-yilda shayx Hammod gazni suyultirib, dengiz orqali eksport qilish taklifini berdi. Hozirda esa Qatar daromadining deyarli 90% qismi neft va gazdan iborat. 2005-yilda Qatar investitsiya boshqarmasi ishga tushadi.

Bu boshqarma Qatar nomidan dunyodagi katta-katta kompaniyalarga pul tikadi. Bu boshqarma Apple, Google, Tesla, Rollce Roys kompaniyalariga katta pul kiritgan. Shuningdek, Wolkswagenning 17%ini ham Qatar sotib olgan. Germaniyadagi Dotch bankining katta foizini ham qatarliklar olgan. HSBC bankining katta foizini ham qatarliklar sotib olgan. Hatto, London birjasiga ham pul tikkan. Qatar 400 milliard dollardan ortiq pulini investitsiya uchun sarflagan. Undan tashqari, Qatarda sport investitsiya jamg’armasi ham bor.

 

DUNYO REYTINGLARIDAGI O’RNI: 2022-yil xalqaro valyuta jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra Qatar aholi jon boshiga YaIM bo’yicha 4-o’rinni egallagan. 2024-yilda esa 1-o’ringa chiqib olgan. Gaz eksporti bo‘yicha 6-o‘rinda bo‘lib, neft va neft mahsulotlarining asosiy eksportchisi hisoblanadi. Tabiiy gaz zaxiralari bo’yicha dunyoda 3-o’rinda turadi.

IJTIMOIY HAYOTI: Qatar boyligining sababi, davlat topgan pulini xalq bilan baham ko’rishidadir. Qatar neft va gaz sotilayotgani sabab har oy xalqqa 30 ming dollar pul mablag’i berib turadi. Qatar aholisi hech qanday suv, elektr, gaz uchun kommunal to’lov to’lamaydi. Qatarda soliq tizimi mavjud emas. Aholi hech qanday soliq to’lamaydi. Talabalarning har qanday o’qish xarajatlarini davlat o’z zimmasiga olgan. Qo’shimchasiga, har oy talabalarga 2,500 dan 15000$ gacha pul mablag’i berib turadi. Birgina sharti – Qatarga qaytib kelish. Qatar dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri. Qatarda o’g’rilik deyarli yo’q. Jinoyatlar soni kam. Birgina qizil chiroqda o’tish jarimasi-1,600$.

SPORT: 2022-yilda birinchi arab davlati sifatida futbol bo‘yicha jahon chempionati Qatarda o’tkazildi. Jahon chempionati uchun Lusail stadioni qurilgan. U bir vaqtning o’zida 88 966 nafar tomoshabinni o’zida jamlaydi. Dunyodagi eng katta stadionlar reytingida Lusail stadioni 6-o’rinni egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, Qatar bugungi kunda iqtisodiy barqarorligi, zamonaviy infratuzilmasi va global tashabbuslarda faol ishtiroki bilan mintaqaning yetakchi davlatlaridan biri sifatida tan olinmoqda. Yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlar, zamonaviy infratuzilma, keng ko‘lamli xalqaro loyihalar va barqaror siyosiy boshqaruv mamlakatning global maydondagi nufuzini mustahkamlab bormoqda. Neft-gaz boyliklari Qatar taraqqiyotining asosiy omillaridan bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, transport va turizm kabi sohalarni diversifikatsiya qilish mamlakatning kelajakka qaratilgan strategik yondashuvini namoyon etmoqda.

Manbalar asosida Toshkent islom instituti 
203-guruh talabasi Yoqutoy TOJIYEVA

458280cookie-checkSAHRODAGI MO’JIZA – QATAR

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: