islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Тасаввуф

Бўлимлар

Najmiddin Kubro – Kubroviya tariqatining asoschisi

Shayx Najmiddin Kubro haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Hazrat Abdurahmon Jomiyning “Nafahotul uns” asarida yozilishicha: “Ahmad yoshligidan ilmga qiziqib, Islom asoslari shariat ilmlarini juda tez o‘zlashtirib, o‘zidagi qobiliyati asosida Xorazmning mana-man degan ulamolaridan o‘zib ketadi va ilmiy bahslarda barchani olqishiga sazovar bo‘ladi. Shu bois u “Tammatul Kubaro”, yani ulamolarning yetugi, ulug‘vori va ilm balosi degan laqabni oladi. Buning yoniga “Najmiddin”-“dinning yulduzi” degan martabali unvon qo‘shilib, Ahmad ibn Umar shundan keyin Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo‘ladi” – deyilgan. XII-XIII asr tasavvufining eng yorqin va eng buyuk namoyandalaridan biri bo’lmish ulug‘ mutafakkir olim Najmiddin Kubro-buyuk zotlardan biri bo‘lgan. Shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) – buyuk olim, shoir, tasavvuf ta’limotining asoschilaridan biri, valiylarning murabbiysi va o‘z ona Vatannining vatanparvari, mard, botir o‘g‘lonlaridan biri edi. Bu zot mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi mardonavor kurashgan. Nadmiddin Kubroning holatlari shunday ekanki, u kishi ba’zan birdan jo‘shib, o‘zga kayfiyatga kirib, vujudlari balqib ketar ekan, ba’zida esa o‘ychan, g’oyat kamgap bo’lib qolar ekanlar. Ba’zan xushchaqchaq va ochiq chehra bilan suhbatga berilar, g‘oyat nozik did va o‘tkir so‘zlar bilan muridlar qalbiga olovli cho‘g‘ tashlar, turli ishoralar, harakatlar va ruhiy karomatlar orqali atrofdagilarni hayratga solar ekan. Ahmad ibn Umar yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli inson bo‘lgan. U shariat ilmlarini puxta egallab, yigitlik pallasida tengqurlari bilan bo‘lgan barcha bahslarda hamisha g‘olib chiqqani uchun uni “Tamattul-Kubro” deb atashgan. Bu buyuk zot arab va fors tillarida tasavvufga oid she’rlar va risolalar yozgan. Shayx Najmiddin Kubro odamlarni ezgulikka, ilmga, sahovat va mardlikka da’vat qilgan. Shayx Najmiddin Kubroning hayoti katta saboq, ulkan maktabdir. Hazrat Najmiddin Kubro o‘z ta’limotida inson omilini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu zot inson tafakkuri kuchiga yuksak baho berib shunday deydi:“Valiylik inson bolasiga azaldan nasibadir, chunki odam Allohning suygan mahluqi, Parvardigor odamga ong-aql bergan, botiniy nur bergan, uni barcha mavjudotdan afzal qilib yaratgan”. Taxminan 1145 yilda Najmiddin Kubro Xiva shahrida dunyoga keldi. Bu zotning asl ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad al–Xevakiy al-Xorazmiydir. Otasi Umar, onasi Bibi Hojar (hozirda qabri Xiva yaqinidagi “Sayot” qishlog‘ida) bo‘lgan. “Najmiddin”, “Kubro”, “Abuljannob”, “Valiytarosh” so‘zlari bul zotga berilgan laqab, unvon va kuniyatdir. Shayx bag‘oyat zukko, salobatli, haybatli kishi bo‘lgan. Kechalari aksar bedor o‘tirib, ibodat qilib, surunkali ro‘za tutishni odat qilib, ilhomli damlarda xonaqoh hovlisini kezib xushnud sayr etar ekan. Bu zot 25 yildan ortiq umrini ilm olishga bag‘ishlaydi. U Xorazmga qaytgach, katta xonaqoh qurdirib Kubraviya ta’limotiga asos soladi. Uning qo‘li ostida yuzlab odamlar tarbiyalanib tahsil olishadi. Najmiddin Kubro odamlarni ezgulikka, ilmga, sahovat va mardlikka da’vat etgan. Najmiddin Kubro tarixda buyuk allomagina emas, balki o’z Vatanining ozodligi uchun mislsiz mardlik namunalarini ko’rsatgan milliy qahramon sifatida ham nom qoldirgandir. Najmiddin Kubro qalbida ruhiy ma’naviy kamolatga, g‘ayb asrori, karomat va kashfu hol ilmi hisoblanmish tasavvuf ta’limotiga ishtiyoq zo‘r edi. Shu sababdan bu zot shariat ilmlarini o‘rganish bilan birga tariqatdan ham xabardor bo‘lishga intilib, shayxlar, darveshlar suhbatida bo‘ladi, xonaqolarda xilvat o‘ltirib, riyozat bilan mashg‘ul bo’ladi. “Abuljannob” so‘zi esa Najmiddin Kubroning kuniyatidir. “Kuniyat”-arablarda hurmat yuzasidan beriladigan laqabdir. Abdurahmon Jomiy hazratlari yozadilarki:“Najmiddin Kubro Iskandariyada muhaddis ulamolardan hadis ilmini o‘rganib qaytayotganida, yo‘lda bir kecha hazrati Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalamni tushida ko‘radi va ul zotga murojaat qilib,“menga kuniyat bag‘ishlang”,...

“Мурид” сўзи нима ва уни кимга нисбатан ишлатсак тўғри бўлади?

Сохта тариқатчиларнинг “Мен фалонча шайхга мурид бўлдим” деган гаплар қулоққа чалинади. Аслида,“мурид” сўзи нимани англатади, “мурид” сўзини кимга нисбатан ишлатсак тўғри бўлади деган саволларга жавоб бериб ўтсак. Маълумки “мурид” сўзи араб тилидан ўзбек тилига кирган сўзлар сирасига киради. У ўзбек тилида “хоҳловчи”, “ирода қилувчи” деган маъноларини англатади. “Мурид” сўзи ҳақида “Ўзбек тилининг изоҳли луғати”да “Издош, эргашувчи, шогирд”деб изоҳланади. “Мурид” сўзининг маъноси ҳақида “Тасаввуф ҳақида тасаввур” китобида шундай дейилади “Мурид сўзи арабча бўлиб, “ирода қилувчи” деган маънони англатади. Аҳли тасаввуф бу истилоҳни Қуръони каримнинг Каҳф сурасидаги “Ўзингни эртаю кеч Роббиларига, унинг юзини ирода қилиб, дуо қилувчилар билан бирга тут. Дунё ҳаётининг зийнатини хоҳлаб, улардан икки кўзингни бурма. Қалбини Ўз зикримиздан ғофил қилиб қўйганларимизга ва ҳавойи нафсига эргашиб, иши издан чиққанларга итоат этма[1]” (Каҳф сураси, 28-оят) ояти каримасидан олинган, дейдилар[2]“. Демак, Аллоҳ таолонинг юзини ирода қилувчи, эрта-ю кеч Унинг розилигини иставчи киши мурид дейилади. “Мурид” сўзини Аллоҳ таолога нисбатан ишлатиш тўғри бўлади. Чунки ҳар бир мурид Аллоҳ таолонинг муриди бўлади, ва шунга кўра “шайхнинг муриди” деган истилоҳ мутлақо нотўғри бўлади. Бу ҳақда “Тасаввуф ва тасаввур” китобида “Бинобарин, мурид Аллоҳ таолонинг муриди бўлади. Муридларнинг асосий аломати “эртаю кеч Робларига, Унинг юзини ирода қилиб дуо қилиш” билан содир бўлади. Ушбу далил ва маънодан келиб чиқадиган бўлсак, “шайхнинг муриди” деган истилоҳ мутлақо нотўғри бўлади. Баъзи бир “шайхларнинг “ўз муридим бор” дейиши ва муридларни худди ўзининг қулидек кўриши ҳам мутлақо нодуруст бўлади[3]” дейилади. Юқоридагилардан шуни хулоса қиламизки, Аллоҳ таолога иймон келтириб, Унинг буюрганини қилиб, қайтарган нарсаларидан қайтиб, фақат Унинг розилигини топишни иставчи кишини ҳақиқий маънода мурид деб атаймиз. Аллоҳ таоло барчаларимизни Ўзининг розилигини топиш учун ҳаракат қиладиганлардан бўлишимизни муваффақ қилсин!   Руҳиддин Акбаров, ЎМИнинг Қашқадарё вилоятдаги вакиллик ходими  [1] Шайх М. Содиқ. М. Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур.  Ҳилол нашр. Т.  2019. 179-бет. [2]  Шайх М. Содиқ. М. Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур.  Ҳилол нашр. Т.  2019. 179-бет. [3] Шайх М. Содиқ. М. Юсуф. Тасаввуф ҳақида тасаввур.  Ҳилол нашр. Т.  2019. 179-бет. 253

Hazrat Maxdumi A‘zam – Naqshbandiya tariqatining peshvosi

Hazrat Maxdumi A‘zam haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? XV-XVI asrlarda yashab o‘tgan yirik mutasavvuf, faqih, faylasuf, naqshbandiya tariqatining rahnamosi va nazariyotchi, ahloqshunos olim, shuningdek ta’sir doirasi kuchli siyosiy arbob Maxdumi A’zamning (1461-1542) to‘liq nomi-Sayyid Ahmad ibn Mavlono Jaloliddin Xojagi Kosoniydir. Maxdumi A’zam xonadonida saqlanib qo‘lgan shajaranoma va ishonchli tarixiy manbalarga ko‘ra, Kosoniyning nasabi Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam shajaralariga 22 avlodli xalqa orqali ulanadi. Sayyidlar avlodiga butun musulmon olamida hurmat-e’tibor kuchli bo‘lgan, shuning uchun Maxdumi A’zam tug‘ulib o‘sgan xonadon ham el orasida tabarruk xonadonlardan biri sifatida e’zozlanadi. U O‘rta Osiyodagi naqshbandiya ta’limoti izdoshi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli ruhiy ta’sir quvvatiga ega bo‘lgan zot edi. Ulug‘ olim naqshbandiya arkonlariga muvofiq dehqonchilik hunarini egallab, bu sohada alohida iste’dodga ega bo‘lgan ziroatchi sifatida yangi meva va poliz navlarini yetishtirgan. Ziroatchilikda yangi meva navlaridan (anjir, nok va behining yangi navlarini) kasf etgan, yangi qovun navlarini yetishtirgan. Dehqonchilik tartib-qoidalariga oid asarlar yozgan. Miyonkolda qo‘riq va to‘qay yerlarni o‘zlashtirib, ularni ekinzor va bog‘larga aylantirib, melioratsiya sohasi rivojiga ko‘p hissa qoshgan. Markaziy Osiyoda temuriylarning toj-taxt talashishlari oqibatida parchalanib ketgan ulkan saltanatning inqirozi davrida yashagan hazrat Maxdumi A’zam bu saltanatni qayta tiklashga harakat qilgan shayboniylarning birlashtiruvchi harakatiga siyosiy jihatdan ko‘mak berdi, bo‘linib ketayotgan xonliklar va amirliklar o‘rtasidagi nizolarni kelishtirishga ko‘p kuch sarfladi shuningdek shayboniylar bilan temuriylarni bir-biri bilan yarashtirishga harakat qilib, o‘z yurtidan Hindistonga ketishga majbur bo‘lgan temuriyzoda Zahiriddin Muhammad Boburning ma’rifatchilik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatladi. Hazrat Maxdumi A’zam Zahiriddin Muhammad Boburning ma’naviy kamolitida muhim o‘rin tutgan. Zahiriddin Muhammad Bobur piriga sovg‘a-salomlar yuborgan, maktublar yozgan. Hazrat Maxdumi A‘zam ham javob sifatida “Risolai Boburiya” asarini yozgan. Maxdumi A‘zam yaxshi oilaviy tarbiya ko‘rgan mo‘min, oriyatli, kamtarin, muhtojlarga, ojizlarga mehr-muruvvatli, rahmdil murabbiy, zolimlarga, adolatsiz amirlarga beshavqat, ilm-ma’rifatga homiy bo‘lgan inson edi. Hazrat Maxdumi A‘zam kuchli notiq bo‘lgan, u zot o‘qigan jig‘inlarda minglab odamlar to‘plangan. Ular notiqqa ixlos qilib tinglashgan va har kim o‘z dardiga davo topgan, ayrim dinga e’tiqod qiluvchi tinglovchilar esa hatto islom dinini qabul qilgan. Maxdumi A’zam 866/1461(1463 yoki 1464) yil Kosonda (hozirgi Namangan viloyatining Kosonsoy shaharchasi) tavallud topgan. Bu ulug‘ zotning ustozi Mavlono Muhammad Qozi o‘z shogirdini Maxdumi A’zam deb atadi. Bu taxallus-“ulug‘ maxdum”, “ustozlariga sadoqatli shogird” ma’nolarini anglatadi. Maxdumi A’zam islom olamida o‘tgan uchta buyuk A’zamlardan biri ekanligi ham ishoradir. Ular: Imomi A’zam, G‘avsuli A’zam va Maxdumi A’zamlardir. Uning otasi ilmli, ma’rifatli saidzodalardan bo‘lib, obro‘li-e’tiborli kishi edi, shuning uchun uning ismi yo‘niga Mavlono qo‘shib, Mavlono Jaloliddin deb murojaat qilishgan. Taniqli sharqshunos olim A.Mo‘minovning tadqiqotlariga ko‘ra, Maxdumi A’zam onasining ajdodlari Ahmad Yassaviyga bo‘rib taqaladi. Ul zotning tog‘asi esa tijoratchi bo‘lgan. Maxdumi A’zam ilk ta’limni Kosonda olib, keyin Axsikatda Xoja Muborak madrasasida o‘qishni davom ettiradi. Maxdumi Azamning domlasi Mulla Ziyo o‘z shogirdinining a’lo darajadagi qobiliyatini hisobga olib, unga “ilmuz zohir” (oddiy, umumiy ilmlar) dan yahshi ta’lim beradi va shu bilan birga “ilmul botin” ni chuqur o‘rgatadi. Yosh Maxdumi A’zam ustozining maslahati bilan taniqli so‘fiy shoirlardan Jaloliddin Rumiyning (1207-1273) “Masnaviy-ma’naviy” deb nomlangan mashhur devonini ko‘p marotaba o‘qib, undagi chuqur falsafiy fikrlarni anglab olishga harakat qiladi. Mahdumi A’zam yoshligida Toshkentdagi o‘z davrining mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyodagi...

Tasavvuf va nafs tarbiyasi

Tasavvuf ilmi tazkiyadan iborat. Undan boshqa narsa emas. Lekin shunga qaramay, ayrimlar unga norizo nigoh-la qaraydi. Ba’zilar esa tasavvufga kuchli muhabbat qo‘yib, chuqur ketgan.... - Toshkent islom instituti talabasi Nodira Murotova

Тасаввуфнинг шаклланиши

IX аср бошларига келиб тасаввуфнинг назарий асослари ишлаб чиқилди, сўфийларнинг амалий, руҳий-психологик машқлари, ўзини-ўзи тарбиялаш ва чиниқтириш тадбир-усуллари шаклланди, ТАРИҚАТ, МАЪРИФАТ, ҲАҚИҚАТ деган тушунчалар юзага келиб, тасаввуфнинг ушбу уч қисмига оид қарашлар мажмуи тузилди, тасаввуф алоҳида илм сифатида қарор топди...- Тошкент ислом институти талабаси Комилова Малоҳат
1 2 3 8