islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Қуръони карим ва тажвид

Бўлимлар

ЎҚУВ КУРСИДАГИ ТИНГЛОВЧИЛАРГА ДИНИЙ-МАЪРИФИЙ СОҲАДА АМАЛГА ОШИРИЛГАН ИСЛОҲОТЛАР БОРАСИДА СУҲБАТ ЎТКАЗИЛДИ

Тошкент ислом институти қошидаги “Қуръони карим ва тажвид” ўқув курси тингловчиларига диний-маърифий соҳада амалга оширилган ислоҳотлар борасида суҳбат ўтказилди. Суҳбатда Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитаси Диний-ижтимоий жараёнларни ўрганиш ахборот-таҳлил маркази бош мутахассиси Даминов Баҳодир Иброҳимжонович иштирок этди. Диний-маърифий соҳада амалга оширилган ислоҳотлар Ўзбекистонда 2016 йилдан кейин кучли ривожланишга йўналтирилди. Ўзбекистон раҳбариятининг диний ва маърифий соҳаларга эътибори қатъий ва тизимли бўлиб, бу соҳада бир қатор ислоҳотлар амалга оширилди. Ўзбекистонда дин иши ва диний маърифатига оид бир қатор қонунлар ва қарорлар қабул қилинди. Бу, айниқса, дин эркинлигини таъминлаш ва инсон ҳуқуқларини ҳурмат қилишда муҳим қадам бўлди. 2017 йилда Республикада “Диний эркинлик ва диний ташкилотлар тўғрисида”ги қонун кучга кирди, бу дин билан боғлиқ ҳуқуқларни ҳамда дин эркинлигини ҳимоя қилишга йўналтирилган. 2017 йилдан Ўзбекистонлик фуқаролар учун ҳаж квотаси 7200 нафарга кўтарилиб (илгари бу кўрсаткич 5200 нафар эди), умра бўйича чекловлар олиб ташланди (илгари бу кўрсаткич 6000 нафар эди). 2017 йил 23 июнь куни Президент Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан Вазирлар маҳкамаси ҳузурида Ислом цивилизацияси маркази ташкил қилинди. Бу марказ юртимизда мавжуд нодир қўлёзмаларни ўрганиш, ислом маърифатини, буюк аждодларимизнинг бой илмий меросини авваламбор халқимизга, дунё ҳамжамиятига етказиш, турли миллат ва элатлар ўртасида бағрикенглик тамойилларини йўлга қўйиш, исломни турли таҳдидлардан ҳимоя қилиш, жаҳолатга қарши маърифат билан курашиш, ёшларни инсоний қадриятлар руҳида тарбиялашни ўз олдига мақсад қилган. 2017 йил Ўзбекистон мусулмонлар идораси тасарруфидаги диний таълим муассасалари қошида (3 ойдан 6 ойгача) Қуръони карим ва тажвид ҳамда араб тили фанларини ўргатувчи пуллик ўқув курслари ташкил этилди. Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳузурида “Вақф” хайрия жамоат фонди ташкил этилди. “Вақф” хайрия жамоат фондининг асосий вазифалари этиб фуқароларнинг диний, маънавий ва интеллектуал салоҳиятини оширишга қаратилган ташаббусларини қўллаб-қувватлаш, миллий ва диний қадриятларимизни асраб-авайлаш; масжидлар ва диний таълим муассасаларининг биноларини қуриш, таъмирлаш, реконструкция қилиш, ободонлаштириш, моддий-техник базасини мустаҳкамлаш; тарихий-меъморий аҳамиятга эга зиёратгоҳларни сақлаш, таъмирлаш, ободонлаштириш, уларнинг инфратузилмасини янада ривожлантириш; диний таълим муассасалари, илмий-тадқиқот марказлари фаолиятини молиялаштириш, уларнинг профессор-ўқитувчилари, тадқиқотчилари, мутахассислари ва ўқувчи-талабаларини моддий ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш; масжидлар ва зиёратгоҳлар ходимларини, хусусан имом-хатиблар, имом ноиблари, мутаваллилар, муаззинларни моддий ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш. Диний экстремизм ва терроризмга қарши курашиш учун махсус дастурлар ва стратегиялар ишлаб чиқилди. Бу соҳага давлат томонидан жиддий эътибор қаратилиб, диний таҳдидларнинг олдини олишга қаратилган тадбирлар кўрилди. Бу ислоҳотлар Ўзбекистоннинг диний-маърифий соҳадаги тараққиётига ижобий таъсир кўрсатди ва мамлакатдаги барқарорлик ва жамиятдаги ўзаро ҳамжиҳатликни мустаҳкамлади. ТИИ Матбуот хизмати 218

Toshkent islom instituti qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi tinglovchilariga “Dunyoviy-ma’rifiy davlat” tushunchasi mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi

O‘quv seminarida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov, “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov, “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi bo‘limi boshlig‘i A.Rashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Parpiyev, bo‘lim xodimlari, o‘quv kursi o‘qituvchi va tinglovchilari ishtirok etdi. “Qur’on ilmlari” kafedrasi mudiri J.Ne’matov so‘zga chiqib, tadbirni boshlab berdi. Ma’ruzada Qur’oni karim fazilati, uni o‘rganuvchining odob-axloqi, tarbiyasi haqida gapirdi. Shuningdek, Qur’oni karimni ta’lim olish bilan birga uning odobini ham o‘rganish zarurligi, o‘zining odobi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak ekanini ta’kidladi. Qur’oni karim yodlashning oson va yengil usullarini o‘rgatdi. So‘ng “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri A.Egamov tadbirni davom ettirib, seminarning asosiy mavzusida maruza qildi. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va Yangi O‘zbekistonning muhim strategik yo‘nalishlari asosida mazkur tamoyil o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ldi. Bu holat hatto 2021 yilda yangi tahrirdagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiri-tishga ham sabab bo‘ldi. Natijada diniy sohani liberallash-tirishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilganining guvohimiz. O‘zbekistonda 16 ta konfessiyaga mansub 2356 ta diniy tashkilotlar faoliyat yuritadi. Ularning 2159 tasi islomiy diniy tashkilotlar, 179 tasi xristian diniy tashkilotlar, 8 tasi yahudiy va 6 tasi Bahoiylik jamoalari hamda krishna va buddaviylik diniy tashkilotlari hisoblanadi. Professional diniy ta’limga ham katta e’tibor qaratildi. Islom ta’limotlari bo‘yicha O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, 10 ta o‘rta maxsus va 3 ta oliy diniy ta’lim muassasalari, xristianlik ta’limotlari bo‘yicha Toshkent pravoslav seminariyasi va Toshkent protestantlik seminariyalari faoliyat yuritmoqda. Davlat va dinning uyg‘un munosabatlari jamiyatni har tomonlama taraqqiy ettirishga xizmat qilyapti. Jumladan, mazkur ikki unsur bugungi kun avlodlarining barkamolligi, ma’naviy yetukligi va yuksak axloqiy qadriyatlar bilan tarbiya-lanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shmoqda. Diniy qarash va ta’limotlarning turlicha talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “noqonuniy diniy faoliyat” bilan “qonuniy diniy faoliyat” o‘rtasidagi chegara aniq belgilab qo‘yildi hamda “diniy ta’lim” tushunchasiga hukukiy jihatdan aniqlik kiritilgan. Bugungi kunda dunyoning ko‘pgina mintaqalarida notinch vaziyat hukm surayotgani tufayli diniy omildan g‘arazli maqsadlarda foydalanish kuchayib borayotganini inobatga olib, O‘zbekiston hududida buzg‘unchi g‘oyalarning tarqali-shiga yo‘l qo‘ymaslik uchun diniy mazmundagi bosma, audio va video mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Qonunda, jamiyatda turli yot qarashlarni targ‘ib qilayotgan guruhlarning faoliyati, ular tomonidan tarqatilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish maqsadida diniy mazmundagi materiallarni dinshunoslik ekspertiza-sining ijobiy xulosasini olgandan keyin tayyorlash, olib kirish va tarqatish belgilab qo‘yildi. “Bundan tashqari, davlat idoralari tomonidan qonun norma-lari noxolis talqin qilinishi va turlicha qo‘llanishining oldini olish maqsadida atama va tushunchalarga ta’riflar kel-tirildi, ular aniq va ravshan tarzda bayon etildi. Negaki, qonun atamalarining noto‘g‘ri talqin qilinishi natijasida turli tushunmovchiliklar, masalaga noxolis yondashuv holatlari vujudga kelishi mumkin, deyiladi sharhda. Shu kabi omillardan kelib chiqib, Qonunda har bir insonning Konstitutsiyamiz bilan kafolatlangan huquqlariga mos ravishda, fuqarolarga diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilandi”. TII Matbuot xizmati 381

Iso alayhissalom osmonga ko’tarilganmi?

Odamlar esa u zotni yolg'onchiga chiqardi. Payg'ambarliklarini tan olishmadi. Imkon qadar u zotni yo'q qilib yuborishga harakat qildilar. Bu haqidagi qissa esa,  hammaga mashhurdir. Ular Iso alayhissalomni o'ldirganliklarini da'vo qildilar... - TII talabasi Rahmonova Sohiba

Qur’oni karimda fitna so’zi qanday ma’nolarni anglatadi?

Alloh taolo barcha insonlarni umumiy tarzda ba'zilarini boshqalariga fitna? imtihon qildi, u banda mo'min bo'lsin, kofir bo'lsin, farqi yo'q. Sog'lom inson bemor inson uchun, behojat inson hojatmand inson uchun, sabrli kambag'al boy inson uchun ham sinov bo'lishi mumkin... - TII talabasi Kamolitdinova Habiba

Nasx so’zidagi majoz va haqiqat

Nasx va undan kelib chiqqan so’zlarning lug‘aviy ma’nolari hamda ular borasida aytilgan ta’riflar haqida ma’lumotga ega bo‘ldik. Ushbu  ma’lumotlarga asoslangan holda nasxning ketkazish va ko‘chirish ma’nolariga bir xil kuchga teng tarzda dalolat qiladi, desak bo‘ladi... - Toshkent islom instituti oʼqituvchisi, Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Аxmatqulov Elyorjon
1 2 3 24