islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Қуръони карим ва тажвид

Бўлимлар

“Muqoddimatul Jazariyya” asariga yozilgan sharhlar

Imom Jazariy rohmatullohi alayhning “Muqoddimatul Jazariyya” asarlariga ko‘pgina ulamolar sharhlar bitishgan. Bu sharhlarni yozgan ulamolar “Muqoddimatul Jazariyya”ga ko‘plab foydali jihatlarni, nozik o‘rinlarga munosib izohlarni, baytlarga turli-tuman ma’nolarni kiritishganki, bu ishlarning ahamiyati haligacha o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q... - TII 4-kurs talabasi Meliboyev Abdumo‘min

ТОШКЕНТ ИСЛОМ ИНСТИТУТИ РЕКТОРИ ХАЛҚАРО АНЖУМАНДА МАЪРУЗА ҚИЛДИ

Айни вақтларда Россия Федерациясининг Қозон шаҳрида бўлиб ўтаётган “Маънавий ипак йўли: Катта Евросиё маконида анъанавий қадриятларнинг маъноси” мавзусида V халқаро илмий-теологик конференциясининг шўбалари ўз ишини давом эттирмоқда. Унда Тошкент ислом институти ректори М.Муҳаммадсиддиқов “Ўзбекистон мусулмонлари идораси тизимида диний таълим ва “Қуръони карим ва тажвид” курслари фаолияти” мавзусидаги  маъруза билан иштирок этиб,  иштирокчиларга Ўзбекистон мусулмонлари идораси фаолияти ва юртимиздаги диний таълим муассасаларидаги йўналишлар ва эришилган ютуқлар ҳақида атрофлича тўхталди.

Қуръон гўзал

Кечаси қулоқ кўздан кўра яхшироқ информация ололади, шунинг учун қоронғиликда кўриш эмас, эшитиш устунлик қилади. Кундузи кўз қулоқдан кўра кўпроқ атроф-муҳитни кўриб англай олади, шунинг учун ҳам ёруғликда кўриш эшитишдан кучлироқдир...- Жиззах вилояти Ғаллаорол тумани бош имом-хатиби Ғулом Жуманов

Qur’oni Karim ma’nolarini o‘rganishda arab tilining ahamiyati.

Muqaddas dinimizning asosiy manbasi bu – Qur’on va hadis hisoblanadi. Islom dini kelib, yer yuzida tarqalibdiki, butun islom diyorlarida Qur’on o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Har qanday ilmning, har qanday sohaning boshlanishi Qur’on bo‘lgan. Ya’ni, kishi qaysi kasbni, hunarni o‘zlashtirmasin, dastlab Qur’on yodlar, uning mazmun-mohiyatini anglar edi. Shu sababli ham, islom dini tarqalgan diyorlar shu davrgacha modomiki dinlariga amal qilib kelgan ekanlar, eng kuchli va rivojlangan yurtlar hisoblangan...- Toshkent islom instituti talabasi Sultonova Bibixadicha

Qur’onni o’rganamiz

Yurtimiz qadimdan beri ko`plab qorilarga beshik bo`lib kelyapti. Xalqimizning Qur`onga bo`lgan muhabbati, o`rganishga bo`lgan ishtiyoqi tahsinga sazovor. Yurtimizda Qur`oni karimni Imom Osimning Imom Hafsdan qilingan rivoyati bo`yicha o`qish urfga kirgan. Ammo xalqimizning ko`p qismi Qur`on desa ayni shu Imom Hafsning rivoyati bo`yicha o`qilganini tushunadi. Boshqa qiroatlar u yerda tursin qiroatimiz imomi Imom Osimning boshqa shogirdi, ya`ni Imom Shu`ba rivoyati ham borligi haqida tasavvurga ega emas...- Toshkent islom instituti talabasi Qosimjon Obidov
1 2 3 4 5 24