islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 20, 2024

Day

Hanafiy mazhabidagi naslni himoya qilish

Hanafiy mazhabidagi naslni himoya qilish islom qonunlarining farovonlikni oshirish va zararning oldini olishga qaratilgan kompleks va integral yondashuviga misoldir. Hanafiy fiqhi nasl-nasabni himoya qilish orqali nafaqat oila a’zolarining shaxsiy huquqlari va farovonligini ta’minlabgina qolmay, balki yaxlit va adolatli jamiyat uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va axloqiy tartibni ham mustahkamlaydi. Ushbu sinchkovlik bilan yondashish islom huquqining abadiy tamoyillarini saqlab qolgan holda, zamonaviy muammolarni hal qilishda Hanafiy huquqiy an’analarining doimiy dolzarbligini ta’kidlaydi...- Toshkent islom instituti talabasi Yuldashxodjayeva Xojiyaxon

“Tamhid” asarining qo‘lyozma nusxalari va tarkibiy tuzilishi

Azhar jomesining aqida va falsafa ilmlari doktori Shayx Habibulloh Ahmad (rohimahulloh) o‘zlarining ushbu asar borasida qilgan ilmiy izlanishlarida quyidagilarni aytadilar: “Tamhid kitobining “At-Tamhid li qovaid at-tavhid” deb nomlanishi borasida so‘z yuritgan qariyb barcha manbalarni yig‘dim. Muhyiddin Abdulqodir ibn Abul Vafoning “Javahirul Mudiyya fi tobaqotil hanafiyya”, Ibn Qutlubog‘aning “Tajul tarojim”, Feruzobodiy  va Mulla Aliy qorining “Tobaqotul hanafiyya”, Taqiyyuddin ibn Abdulqodir at-Tamimiyning “Tobaqotus saniyya fi tarojimul hanafiyya”, Ismoil Bosho al-Bog‘dodiyning “Hidayatul arifiyn”, imom Zirkiliyning “al-A’lom” va Umar Rizoning “Mu’jamul muallifin” kabi asarlarda va asraning ko‘plab qo‘lyozma manbalarida ushbu ism bilan nomalngan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahimov Javohir

Alloh taolo makon bilan xoslanishdan pokdir

Qur’oni karimda istivo haqida kelgan oyatlar lafzi haqida juda ko‘p tortishuvlar, tushunmovchiliklar mavjud. Ba’zi adashgan firqalar mazkur oyatni dalil qilib, Alloh taologa makon nisbatini berib, “Alloh taolo osmonda”,  deb e’tiqod qilishadi. Ahli sunna val jamoa ulamolari bu firqalarning keltirgan dalillari botil ekanligini batafsil bayon qilishgan...- Toshkent islom instituti talabasi Abdurahimov javohir

1991-1998-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ta’limning tashkil etilishi

1990-yilda Qozi Qoziyoti o‘rtasida bo‘linish yuz berdi, natijada Qozog‘iston Qozi Qoziyoti SADUMni tark etib, o‘zining alohida tashkiloti Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasini tuzdi. SSSR parchalanib, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston mustaqillikka erishgach, o‘zlarining alohida tashkilotlarini tuzishga kirishdilar. 1992-yildan boshlab O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi birinchi bo‘lib “Movarounnahr musulmonlari boshqarmasi” deb o‘zgartirildi, 1996-yildan esa hozirgi nomiga o‘zgartirildi...- Toshkent islom instituti talabasi Ikromova Mohinur

Qur’oni Karim ma’nolarini o‘rganishda arab tilining ahamiyati.

Muqaddas dinimizning asosiy manbasi bu – Qur’on va hadis hisoblanadi. Islom dini kelib, yer yuzida tarqalibdiki, butun islom diyorlarida Qur’on o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Har qanday ilmning, har qanday sohaning boshlanishi Qur’on bo‘lgan. Ya’ni, kishi qaysi kasbni, hunarni o‘zlashtirmasin, dastlab Qur’on yodlar, uning mazmun-mohiyatini anglar edi. Shu sababli ham, islom dini tarqalgan diyorlar shu davrgacha modomiki dinlariga amal qilib kelgan ekanlar, eng kuchli va rivojlangan yurtlar hisoblangan...- Toshkent islom instituti talabasi Sultonova Bibixadicha