islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

1991-1998-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ta’limning tashkil etilishi

1990-yilda Qozi Qoziyoti o‘rtasida bo‘linish yuz berdi, natijada Qozog‘iston Qozi Qoziyoti SADUMni tark etib, o‘zining alohida tashkiloti Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasini tuzdi. SSSR parchalanib, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston mustaqillikka erishgach, o‘zlarining alohida tashkilotlarini tuzishga kirishdilar. 1992-yildan boshlab O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi birinchi bo‘lib “Movarounnahr musulmonlari boshqarmasi” deb o‘zgartirildi, 1996-yildan esa hozirgi nomiga o‘zgartirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan respublika diniy tashkilotlarini o‘qitish va ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadida Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus diniy o‘quv yurtlari – madrasalar ochildi.

Deyarli har bir masjidda “Qur’on kurslari” yoki boshqa diniy maktablar tashkil etilgan. O‘zbekistonda 1992-yilda islom ta’lim muassasalari (madrasalar)ning umumiy soni 100 tadan oshdi. Ulardan atigi 20 tasi O‘zbekiston musulmonlari idorasining bevosita tasarrufida edi.

Shulardan biri, Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti 1993-yili “Eshon Boboxon” nomi ostida o‘z faoliyatini boshladi. Bilim yurtida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi musulmonlari uchun o‘rta ma’lumotli dinshunos, odobnoma, boshlang‘ich arab tili o‘qituvchisi tayyorlanadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy hay’atining 1998-yil 15-iyuldagi majlis qarori asosidagi№ 295-sonli bo‘yrug‘i bilan “Xadichai Kubro” nomiga o‘zgartirildi va Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti nomi ostida 1993-yil 2-sentyabrdan o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

Bilim yurti 1998-yil 10-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tgan. 1998-yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning ruxsatnomasi bilan ishni davom ettirgan.

Yana biri “Jo‘ybori Kalon” madrasasi Subhonqulixon davrida, ya’ni, XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida Buxoro hokimi Abdulazizxon farmoni bilan barpo qilingan. Madrasaning qurilishiga Abdulazizxonning onasi Oyposhshabibi bosh-qosh bo‘lgan. Sovetlar davrida madrasadan turli maqsadlarda foydalanilgan. Natijada tashlandiq holatga kelgan. Nihoyat 1992-yil 1-sentyabrda  madrasa ish faoliyatini qayta tikladi.

«Jo‘ybori Kalon» bilim yurti xotin-qizlarga xoslangan bo‘lib, dinlar tarixi va nazariyasini chuqur egallagan, o‘rta ma’lumotli diniy ilmlar, boshlang‘ich arab tili murabbiysi, diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi tayyorlashga ixtisoslashgan. Madrasa O‘zbekiston musulmonlari idorasi ta’lim bo‘limi tasdiqlagan reja asosida faoliyat yuritadi.

Davlat diniy ta’lim muassasalari faoliyatida tartib o‘rnatishda O‘MUga ko‘maklashish uchun ko‘p sa’y-harakatlarni amalga oshirdi. Huquqiy nuqtayi nazardan, bu ularni ro‘yxatga olish va litsenziyalar berish bo‘yicha qonunchilikning qat’iylashtirilishida o‘z ifodasini topdi.

Diniy sohadagi o‘zgarishlar yetarli darajada malakali diniy kadrlar tayyorlanishiga olib keldi. Joriy yilda Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi ochilishiga qadar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkent islom instituti va o‘nta o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, jumladan, ikkitasi xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan.

2017-yil iyun oyida O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan Buxoro viloyatidagi “Mir Arab” oliy madrasasi yana bir oliy diniy ta’lim muassasasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi[1].

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustda qabul qilingan qarori mazkur farmonga asosan, birinchi navbatda, Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarini bitiruvchilariga diplomlar beriladi. diniy va dunyoviy fanlardan dars berishlari davlat attestatsiyasi hujjatlariga tenglashtirildi.

Toshkent islom instituti talabasi

Ikromova Mohinur

 

[1] Uyg‘un G‘ofurov. O‘zbekistonda islom ta’limi tizimi: shonli tarix, istibdod zulmidan omon qolish va nurli istiqbol. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 2023. – B. 62.

431330cookie-check1991-1998-yillarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida ta’limning tashkil etilishi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: