Sahobalar bir marhumning janozasi olib ketilayotganida yaxshi sifatlarini zikr qildilar.
Shunda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Vajabat” — ya’ni, vojib bo‘ldi dedilar.
Keyin ular boshqa bir marhumning janozasi olib ketilayotganida yomon sifatlarni zikr qildilar.
Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) yana: “Vajabat” — ya’ni vojib bo‘ldi dedilar.
Sahobalar so‘radilar:
— Nima vojib bo‘ldi, yo Rasululloh?
U zot (sollallohu alayhi va sallam) dedilar:
— Birinchi kishi haqida sizlar yaxshilikni guvohlik berdingiz – unga jannat vojib bo‘ldi.
— Ikkinchi kishi haqida yomonlikni guvohlik berdingiz – unga do‘zax vojib bo‘ldi.
Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisiz!
Hayotingiz hodisalar to‘plamidan iborat.
Butun umr davomida to‘plagan amallaringiz o‘zingiz uchun guvohlik beradi.
Ko‘nglini og‘ritgan har bir inson – siz uchun guvoh.
Ko‘zlaridan oqizgan har bir yosh – siz uchun guvoh.
Fosh etgan har bir ayb – siz uchun guvoh.
Berib yashirgan har bir ehson – siz uchun guvoh.
Jarohat yetkazgan har bir odamingiz – siz uchun guvoh.
Va siz har jarohatini ko’rgazgan bir odam ham – siz uchun guvoh.
Siz odamlar bilan behuda muomala qilmayapsiz balki umr daftaringiz sahifalarini bityapsiz.
Adham Sharqoviyning رسائل من النبي ﷺ kitobi asosida
TII Magistratura talabasi Turaqulov Abdurahim tayyorladi.






