Илгариги Каъбада икки эшик бўлган, бири кириш, иккинчиси чиқиш учун. Шунингдек, унинг ён томонида бир дарча ҳам бўлган. Ҳозир эса фақат битта эшик мавжуд, биринчи эшик рўпарасидаги иккинчиси эса ёпиб қўйилган бўлиб, каъбапўш алмаштирлаётгандагина унинг ўрнини кўриш мумкин. – ТИИ Ҳадис ва ислом тарихи фанлари кафедраси катта ўқитувчиси Пўлатхон Каттаев
Men bu kitobda kalom masalalariga kirishdan o‘zimni tiygan edim va mutakallimlarning ixtiloflarini bayon qilishdan chetga chiqdim. Lekin “sifat oyatlari” masalasi keng muhokama qilingan, bahs-munozaralar ham ko‘paygan. Shuning uchun bu borada qisqacha bo‘lsa ham bayon qilish zarur deb bildim. Robbimiz O‘zini Qur’onda ba’zi lafzlar bilan sifatlagan bo‘lib, bu lafzlar lug‘aviy jihatdan insonlar ishlatadigan ma’nolarni anglatadi. Chunki Alloh “Uning o‘xshashi yo‘q” bo‘lgan Zotdir; U yaratuvchi Robdir, bandalarga o‘xshamaydi va hech qanday maxluqqa qiyos qilinmaydi. Shu bois biz bu lafzlarni maxluqlarga nisbatan qo‘llangandagi ma’nosi bilan emas, balki Alloh O‘ziga nisbatan qo‘llagan ma’noda tushunamiz... TII Magistratura talabasi Turaqulov Abdurahim tayyorladi