Abul Muin Nasafiy (418-508/ 1027-1115) Markaziy Osiyodagi Sunniylik yo‘nalishi Moturidiya aqidaviy maktabining Imom Moturidiydan keyingi eng muhim ahamiyatga ega olimlaridan biri. Olimning to‘liq ismi – Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ma’bad ibn Makhul Abul Muiyn an-Nasafiy al-Hanafiy.[1, – B. 11.] Abul Muin Nasafiy dastlabki ta’limni ona shahri Nasafda olib, so‘ngra ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Samarqandga ko‘chib o‘tgan va siyosiy vaziyatlar ta’siri ostida keyinchalik bir qancha muddat Buxoroda ham yashab ijod qilgan. Olimning Buxoroga kelishi bu shaharda moturidiya ta’limotining keng rivojlanishiga zamin yaratib bergan. IX-X asrlarda islom keng tarqalgan Yaqin va O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo o‘lkalarida islom ilohiyoti, falsafasi, kalom ilmi rivoj topdi. Bu sohalarga bag‘ishlangan qator asarlar va kalom masalasi bilan shug‘ullanuvchi yirik mutakallimlar vujudga keldi. Kalom ilmining bir qancha maktablari bo‘lib, ulardan biri al-ash’ariya bo‘lsa, ikkinchisi al-moturidiya – eng keng tarqalganlari hisoblanadi. Al-ash’ariya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abu-l-Hasan al-Ash’ariy (873-935), moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniqli olim Abu Mansur Moturidiy (870-944) ta’limotidan saboq olgan Nasafiy asosan moturidiya maktabiga mansub G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblangan. O‘z navbatida al-Iyjiy (vaf. 1355-yil), Sa’duddin at-Taftazoniy (vafoti 1390 yil) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida barakali ijod etib, yetuk olimlar darajasiga ko‘tarilganlar. [2, – B. 267.] Manbalarda keltirilishicha, an-Nasafiy o‘n beshga yaqin asar yaratgan bo‘lib, ularning aksariyati kalom ilmining turli masalalariga bag‘ishlangan. Ular quyidagilardir: “Bahr al-kalom fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmida so‘zlar dengizi”), “Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom” (“Kalom ilmida dalillar keltirish”), “at-Tamhid li-qavoi’d at-tavhid fi i’lm al-kalom” (“Kalom ilmidagi dastlabki qoidalar”), “Mu’taqidot” (“Aqidalar” – Toshkentdagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida Abul Muin an-Nasafiyning bu asaridan bir qo‘lyozma saqlanadi, inv. № 40008/2, Arab tilida yozilgan ushbu asar 52 varaqdan iborat). Allomaning “Bahr al-kalom” asari alohida ahamiyatga egadir. Asarning oltinchi bobidagi fasl (bo‘lim) to‘rt banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi “al-Imomat” (“Imomlik”) deb atalgan va shu bandda keltirilgan Payg‘ambar alayhissalomning ikki hadisi katta ilmiy ahamiyatga ega. Birinchisi, “Iqtadu billaziyna min ba’diy Aba Bakr va Umar” (bu hadislarni Imom at-Termiziy, Imom Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal va boshqa bir qancha muhaddislar o‘z asarlarida rivoyat qilganlar). Ya’ni, “Mendan keyin Abu Bakr va Umarga iqtido qilinglar”, degan bo‘lishiga qaramay xalifalik ustida ikki kun bahs bo‘lgan. [3, – B.268.] Ikkinchi hadisdagi “Mendan keyin xalifalik o‘ttiz yil, undan keyin amirlik, podshohlik va hokazolar bo‘ladi”, degan fikrlari naqadar to‘g‘riligini alohida qayd qilish zarur. Chindan ham bu muddat (ya’ni o‘ttiz yil) choryorlar paytida tugagan. Bu kitob kalom ilmi bo‘yicha moturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Chunonchi bu asar ash-Shayx Abu Mansur al-Moturidiy asos solgan aqidaviy ta’limotning eng bosh manbalaridan sanaladi. Ayniqsa, islom dinida turli-tuman oqimlar va ta’limotlar yaratilayotgan hozirgi paytda bu asarning ilmiy-amaliy ahamiyati beqiyos darajada kattadir. Abul Mu’iyn Nasafiy o‘z kitobini yaratishda asosiy manba sifatida Imom Abu Mansur Moturidiyning “at-Tavhid”, Imom Abul Hasan al-Ash’ariyning “al-Luma’”, “Maqolot al-islomiyyin”, Imom al-Haramayn, Imom Abu al-Maoliy Abdulmaliy al-Juvayniyning “al-Irshod” asarlaridan foydalangan. Abu Muin Nasafiy “Tabsiratul adilla” asaridek buyuk bir asarni tasnif qilish bilan birga, butun olamga dong taratgan shogirdlarni ham tarbiya qilgan. Jumladan: A’lo ud-din Muhammad ibn Ahmad as-Samalqandiy (575h), Abul Muzaffar Ismoil ibn Adiy al-Talqoniy (540h),...
Islom dini Alloh taoloning bandalariga bergan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Bu din johillik va zulmatga qarshi nur bo‘lib, insoniyatga adolat, tartib, ma’naviyat va haqiqiy erkinlikni olib kelgan.
Islom ulamolari azaldan e’tiqod masalalarida ixtiloflardan ehtiyot bo‘lib, Qur’on va sunnat dalillariga tayangan holda Allohning zotiga munosib bo‘lgan sifatlarni isbot etganlar. Ammo ba’zi firqalar oyat va hadislardagi ba’zi lafzlarni zohiriy ma’noda tushunib, Allohni jismoniy makon bilan bog‘lashga uringanlar. Bu esa, Allohning yuksakligini yaratganlar o‘lchovi bilan o‘lchashga olib boradi. Olamning yaratuvchisi biror joyda emas, ammo mushabbiha, mujassima va karromiylar Alloh taoloning quyidagi oyatiga ko’ra uni arsh ustida deb hisoblaydilar: Muhammadsiddiq AHMADJONOV, TII 4-kurs talabasi
Najmiddin an-Nasafiy islomiy va lingvistik fanlarning turli sohalarida asarlar yozgan bo‘lib, uning yozgan kitoblari soni 100 dan ortiqni tashkil etadi. Eng mashhur asarlaridan biri “Matn al-Aqoid an-Nasafiyya” bo‘lib, bu asar kichik hajmda yozilgan bo‘lsa-da, u kalom ilmidagi eng muhim masalalarni o‘z ichiga oladi. - Muhammadsiddiq AHMADJONOV, TII 4-kurs talabasi
Odamlar esa u zotni yolg'onchiga chiqardi. Payg'ambarliklarini tan olishmadi. Imkon qadar u zotni yo'q qilib yuborishga harakat qildilar. Bu haqidagi qissa esa, hammaga mashhurdir. Ular Iso alayhissalomni o'ldirganliklarini da'vo qildilar... - TII talabasi Rahmonova Sohiba