O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, jamiyat hayotining barcha sohalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohada olib borilgan o‘zgarishlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu esa islomshunoslik sohasi rivojiga ham bevosita ta’sir ko‘rsatdi. Islomshunos mutaxassislar tayyorlash masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda islomshunos mutaxassislar tayyorlashning huquqiy-me’yoriy asoslari chuqur tahlil qilinadi. - Toshkent islom instituti talabasi Akramali IMOMALIYEV