Masalnavis va mumtoz shoir Gulxaniyning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Gulxaniy uning taxallusi boʻlib, asl ismi Muhammad Sharifdir. Gulxaniy – oʻzbek mumtoz shoiri, adibi, masalnavis va oʻzbek adabiyotida satirik maktab asoschilaridan biri. Uning eng mashhur asari “Zarbulmasal” dir. Bu zot bir nechta tilni juda yahshi bilgan. Mumtoz shoir Gulxaniy oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turk va fors tillarida ham asarlar yozgan. Muhammad Sharif Gulxaniy XVIII asrning oxirgi choragida hozirgi Tojikiston hududidagi Darvoz qishlogʻida tavallud topgan. Lekin ba’zi tadqiqotchilar uni Qoʻqonda dunyoga kelgan deb ham hisoblashadi. Uning vafot etgan sanasi aniq emas, ammo ba’zi manbalarda uning XIX asrning 30-40 -yillarida vafot etganligi taxmin qilinadi.Bu zotning hayoti va ijodi haqida “Majmuai shoiron” (Fazliy Namangoniy), “Tuhfat ul-axbob” (Qori Rahmatulloh Vozeh), “Sabot ul-bashar va tarixi muhojiron” (Dilshod Otin) kabi asarlarda ba’zi bir maʼlumotlar keltirilgan. Fazliy Gulxaniyning “Koʻhiston mulkidan” ekanligini taʼkidlasa, Vozeh uni namanganlik, deydi. Gulxaniy Namangan va Qoʻqonda yashagan, hammomda oʻt yoquvchi-goʻlax vazifasida ozgina vaqt ishlagan. Qoʻqon xoni Amir Olimxon navkarlari safida u xizmatda boʻlgan (1801-1810). Mustaqil mutolaa yoʻli bilan mumtoz adabiyotni oʻrgangan. Olimxon vafotidan (1811)keyin taxtga oʻtirgan Amir Umarxon (Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. Shoir xonni maqtagan, uning gʻazallariga naziralar bitgan. Umarxon vafotidan soʻng vataniga qaytib, koʻproq oddiy insonlarga manzur boʻluvchi sheʼrlar yoza boshlagan. Bu zot juda ta’sirchli hajvlarni yozgan. Bizgacha bir necha gʻazali, hajviyalari hamda “Zarbulmasal” (“Yapaloqqush” hikoyasi) nasriy asari yetib kelgan. Gʻazallarida lirik qahramonning ruhiy kechinmalari, bahor, real hayotiy manzaralar oʻz ifodasini topgan (“Barmogʻim“, “Ey toʻti“, ”). “Bideh” (bergil, ber menga) radifli gʻazalida shoir navkarlik davridagi hayotini tasvirlagan. Bu gʻazalga chuqurroq nazar tashlansa, muallif katta ijtimoiy masala-oʻz davrining harbiy tartibi, rasm-rusumlari haqida fikr yuritganligini bilib olish mumkin. Gʻazalida lirik qahramonning obrazi umumlashma obraz darajasiga koʻtarilgan. Shoir Gulxaniy oʻzining zoʻr isteʼdodi, tajribasi, turmushga haqqoniy qaray bilishi tufayli xalqchil ijodkor sifatida koʻringan. Shoirning bizga maʼlum gʻazallarining ayrimlari Amiriy sheʼrlariga nazira tarzida yaratilgan boʻlib, ular oddiy taqlidchilik doirasida qolmay, barkamol mustaqil badiiy asar darajasiga koʻtarilgan. Shoir Gulxaniyning sheʼriy ijodi, hajman katta boʻlmasada, XIX asr oʻzbek milliy adabiyoti rivojiga samarali taʼsir koʻrsatdi. “Zarbulmasal” asari nafaqat oʻzbek mumtoz adabiyoti, balki butun Sharq adabiyotining ham nodir namunasidir. “Zarbulmasal” asari Umarxonning topshirigʻi bilan yozilgan. Gulxaniy unda xalq maqollari (400 ga yaqin maqol), sajlar (qofiyali nasr), masal va rivoyatlardan foydalangan. Bu masal va rivoyatlar tematik jihatdan bir-biriga bogʻlanib, yagona bir syujetni tashkil etgan. Asarda Yapaloqqush bilan Boyoʻgʻlining quda-anda boʻlishi sarguzashtlari majoziy, oʻtkir hajviya tarzida tasvirlangan. Masalnafis Gulxaniy qushlarning oʻzaro murakkab munosabatlari asosida oʻz davri ijtimoiy hayotining tanqidiy manzarasini koʻrsatib bergan. “Zarbulmasal”da sharq mumtoz nasri anʼanalari davom ettirilgan. Hajviy qissa janrida yaratilgan bu asarlarda ramziy-majoziy timsollar vositasi bilan zamonasining nosozliklari(yaroqsiz tomonlari) fosh etilgan. “Zarbulmasal” asarining bir necha qoʻlyozma va bosma nusxalari mavjud. Ayrim manbalarda devon topilgani aytilsada, biroq u topilmagan. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, bu zot xalq ogʻzaki ijodining aforizm (hikmatli soʻz) lariga, maqol va matallariga tayangan holda, zamonasining illatlarini keskin tanqid qilgan. Ayniqsa jaholat, xudbinlik, adolatsizlik kabi illatlarni oʻtkir hajv bilan fosh qilgan. “Zarbulmasal”-satirik maktabning asosiy namunasi hisoblanadi. Bu asar ma’naviy-axloqiy masalalarga e’tibor qaratgan boʻlib, hajviy qahramonlar orqali jamiyatdagi axloqiy inqirozlarni koʻrsatadi. Undagi obrazlar-quldorlar, yolgʻonchilar, mutelikni targʻib qiluvchilar-satiraning asosiy nishoniga aylangan. Gulhaniy masalnafis sifatida shuhrat qozongan, chunki bu zot “Zarbulmasal” nomli asarida koʻplab axloqiy-satirik masallarni oʻziga xos xalqona, oʻtkir va badiiy uslubda...