islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Sentabr 11, 2025

Day

ENG AFZAL IBODAT

Salavot aytish musulmonlarning eng ulug‘ va eng fazilatli ibodatlaridan biridir. Qur’oni karimda Alloh taolo bevosita salavot aytishni buyurib, bu ibodatning boshqa amallardan yuksak o‘rinda turishini ko‘rsatadi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salavot aytadilar. Ey iymon keltirganlar, siz ham U zotga salavot ayting va salom yuboring” (Ahzob, 56). Mazkur oyat tafsirida Sahl Tustariy rahimahulloh shunday deganlar: “Dunyoda Rasulullohga aytilgan salavotdan afzalroq ibodat yo‘q. Chunki Alloh taolo namoz haqida “Men ham o‘qiyman”, demagan, zakot berishda “Men ham beraman”, demagan, ro‘za haqida ham shunday buyruq bermagan. Faqatgina salavot borasida “Men ham salavot aytaman” deb ta’kidlagan”. Bu so‘zlar salavotning o‘ziga xos ulug‘ligini ko‘rsatadi. - TII Modul ta'lim tizimi talabasi Akmaljon RAHMONOV