islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Dekabr 25, 2025

Day

ANTIKORRUPSION MUHIT – IJTIMOIY KELAJAK ASOSI

Bugungi globallashuv davrida jamiyat taraqqiyoti, davlat boshqaruvi samaradorligi va fuqarolarning farovon hayoti bevosita korrupsiyaga qarshi kurash tizimining qanchalik puxta yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liq. Korrupsiya ijtimoiy adolatni yemiruvchi, qonun ustuvorligiga putur yetkazuvchi va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiruvchi eng xavfli illatlardan biridir. Shu bois antikorrupsion muhitni shakllantirish nafaqat huquqiy zarurat, balki ijtimoiy kelajakning mustahkam asosi hisoblanadi. Antikorrupsion muhit — bu jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat, ochiqlik, shaffoflik va qonun ustuvorligi tamoyillariga asoslangan ijtimoiy-axloqiy makondir. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Badiyev

KORRUPSIYA — JAMIYAT INQIROZI

Korrupsiya — bu davlat mansabdorlari yoki boshqa vakolatli shaxslar o‘z vakolatlaridan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishdir. U pora olish-berish, mansabni suiiste’mol qilish, tanish-bilishchilik orqali resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. - Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi Bahriddin PARPIYEV