islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Mart 26, 2026

Day

SHAYTONGA TEMIRDAN HAM SHIDDATLIROQ AMAL

Ishorai sabboba namozda tashahhud duosining “Laa ilaaha illalloh” kalimasini aytish chog‘ida o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ini yuqoriga ko‘tarishga aytiladi. Arab tilida ko‘rsatkich barmoq “sabboba” deyilgani uchun ushbu amal shunday nomlangan. Mazkur kalima nafiy, ya’ni inkor va isbotni o‘z ichiga olgani kabi, barmoq ishorasi ham shu ma’nolarni ifodalashi lozim.