“Tovali-ul anvor” asari muallifi shayx Muhammad Obid Sindiyning to‘liq ismi shariflari quyidagicha: Muhammad Obid ibn Ahmad Ali ibn Muhammad Murod ibn Muhammad Yoqub Ayyubiy, Ansoriy, Sindiy. Alloma Muhammad Obid Sindiy nomi bilan tanilganlar. Allomaning “Ayyubiy, Ansoriy” nisbatlari, eng yuqori bobolari, buyuk sahoba Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhuga borib taqaladi. Obid Sindiy rohimahulloh buyuk sahobaning zirriyotlaridan hisoblanadilar. Obid Sindiyga “Sindiy” deb nisbat berilishi sababi, avvallari “Sind” deb yuritilgan, hozirgi Pokiston hududida tavvallud topganlaridir. Alloma Pokiston hududidagi, hozirgi kunimizda ma’muriy markazi Karochi bo‘lgan, Shimoliy Haydarobodga yaqin, Siyvan(Sihvan)[1] shahrida, tahminan 1190-hijriy\1776-milodiy sanada tavallud topganlar.