Давлатимиз раҳбарининг 2024 йил 7 мартдаги “Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида”ги қарори халқимиз учун эзгулик, бирдамлик, олийжаноблик ва шукроналик тимсоли бўлган қутлуғ Рамазон ойини юқори савияда ўтказиш, диний-маърифий, маданий қадриятларимизни асраб-авайлашга қаратилган муҳим чора-тадбирларни белгилаб бергани билан халқимиз руҳиятини янада кўтариб юборди...- Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар
Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish hamda jismonan va ma’nan barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida Toshkent islom instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Nozima Ibragimova tomonidan talaba qizlar uchun "Maqsadni to’g’ri qo’yish va bu maqsadlarga erishish usullari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga ko‘p yillik tajribaga ega psixolog, O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi o’qituvchisi Yulduz Dosjanova taklif etildi.
Фанлар академияси 1943 йил 4 ноябр куни ташкил этилгани инобатга олиниб, Ўзбекистонда 4 ноябр санасини “Илм-фан куни” сифатида нишонлаш таклиф этиляпти...- Kun.uz
Xayr-u saxovat, mehr-oqibat, silai rahm mavsumi boʻlmish Ramazon oyini ato qilgan Alloh taologa hamd-u sanolarimiz boʻlsin! Ramazonni chinakam yaxshilik oyi sifatida oʻtkazishda ummatga namuna boʻlgan suyukli paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot-u salomlarimiz boʻlsin! Butun islom ummatini, xususan, aziz xalqimizni muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Alloh taolo bu fazilatli ayyomni butun dunyo uchun tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot va ikki dunyo saodatiga eltuvchi oy qilsin!...- Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar