1-iyun kuni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bolalarning huquqlari, sog‘ligi, ta’limi va farovonligini himoya qilishga bag‘ishlangan xalqaro sana hisoblanadi. Bu kun bolalarning jamiyatdagi o‘rni va ularning huquqlarini ta’minlash zarurligini eslatib turadi.
“1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” hisoblanadi. Bu sananing kelib chiqish tarixi 1925-yildan boshlanadi. Zikr qilingan yilda turli davlatlar ishtirokida Yevropa qit’asidagi Shvetsiyaning Jeneva shahrida ilk marotaba bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro anjuman o‘tkazildi. Anjumanda ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib olishdi. Ammo alohida sana taklif qilinmagan edi, hamma mamlakatga o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilingan edi. Bu sana 1925-yilda Butunjahon anjumanida ta'sis etilgan bo'lsa ham, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan boshlab 1-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) rasmiy homiyligida butun dunyoda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlanib kelinadi.