Mahmud al-Qoshg’ariy va uning ijodiy faoliyati haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? Mahmud al-Qoshg‘ariy-turkshunoslik ilmining asoschisi, ulug‘ adabiyotchi, tarixchi geograf va boshqa ko‘p fanlardan yaxshi xabardor bo‘lgan yirik fan arbobi hamda qomusiy olim bo’lgan. Mahmud al-Qoshg‘ariyning to‘liq ismi Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al-Qoshg‘ariydir. Mahmudning otasi Husayn va onasi Bibi Robiya ham o‘z davrining bilimdon, olijanob, yetuk tarbiya ko‘rgan va xushfe’l insonlardan edi. Mahmudning otasi Husayn ibn Muhammad o‘sha davrdagi Baregan elining amiri bo‘lgan. Uning ijtimoiy kelib chiqishi jihatidan qoraxoniylar sulolasiga mansub...- "Tillar" kafedrasi katta o’qituvchisi Faxriddin Yernazarov