Odamzod ilmni oʻrganish orqali hosil qiladi. Oʻrganish esa kishining tafakkuri, narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishdir. Ilmni odam bolasi yaratilgandan boshlab toʻxtovsiz ravishda oʻrganadi. Ilm inson vujudining xushmanzara bogʻidir va odamiylik olamining javohirga boy togʻidir. Ilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri, ilmi va maʼrifati bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Yaxshi tahsil koʻrgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan har bir inson har joyda izzat topadi. Alloh taolo ilmli kishining darajotlari yuqoriga koʻtaradi. Ilm-inson uchun ziynat. - “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi F.YERNAZAROV