islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Fevral 10, 2026

Day

Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tugʻilib, shu yerda umrining asosiy qismini oʻtkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin boʻlgan. Sheʼr zavqi va isteʼdodi erta uygʻongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning „Mantiqut-tayr“ asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan. - Toshkent islom instituti talabasi Sherzod OTBAYLAROV

Hazrat Mir Alisher Navoiyning ilm o’rganish haqidagi fikrlari

Odamzod ilmni oʻrganish orqali hosil qiladi. Oʻrganish esa kishining tafakkuri, narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishdir. Ilmni odam bolasi yaratilgandan boshlab toʻxtovsiz ravishda oʻrganadi. Ilm inson vujudining xushmanzara bogʻidir va odamiylik olamining javohirga boy togʻidir. Ilm axloqi odamning qimmatbaho libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir. Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Kishi qalbining nuri, ilmi va maʼrifati bilan baquvvat boʻladi. Ilmdan hali hech kim zarar koʻrgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sanʼatdir. Yaxshi tahsil koʻrgan va ilm nuri bilan xulqini yaxshilagan har bir inson har joyda izzat topadi. Alloh taolo ilmli kishining darajotlari  yuqoriga koʻtaradi. Ilm-inson uchun ziynat. - “Tillar” kafedrasi katta oʻqituvchisi F.YERNAZAROV

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINING QISQACHA SOLNOMASI

1441-yil 9-fevral — Alisher Navoiy tavallud topgan sana. Hirot — Alisher Navoiy tavallud topgan shahar. Xuroson davlatining poytaxti. G‘iyosiddin Bahodir (Kichkina) — Alisher Navoiyning otasi, Temuriylar xonadoniga yaqin amaldorlardan. Onasining ismi hech bir tarixiy manbalarda uchramaydi. Ammo, otasi va onasi o‘z davrining ma’rifatli kishilaridan bo‘lgan, Temuriylar saroyida xizmat qilgan: Otam bu ostonning xokbezi, Onam ham bu sara bo‘ston kanizi (“Badoyiul-bidoya”). Mirsaid Qobuliy, Muhammad Ali G‘aribiy — Alisher Navoiyning tog‘alari, o‘z davrining ma’rifatli kishilari, shoirlari. - Toshkent islom instituti talabasi Ahmadjon MAMASOLIYEV