Ramazon oyi – bu nafaqat roʻza tutish, balki insonni ruhiy jihatdan poklash, sabrni rivojlantirish va jamiyatda rahm-shafqatni kuchaytirish oyi hisoblanadi. Ramazon musulmonlar uchun ulkan ruhiy, maʻnaviy va jismoniy imkoniyatlarni ochadi. Bu oyda roʻza tutish – nafaqat ovqatdan, ichimlikdan, balki yomon fikrlardan va notoʻgʻri xulqlardan ham saqlanishni anglatadi. - Toshkent islom instituti talabasi Xalilulloh JUNAYDULLAYEV