islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Mart 30, 2026

Day

Rasullulloh sallallohu alayhi vasallamga yaqinlashtiruvchi amal

Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Menga juma kuni va juma kechasi salovat aytishni ko‘paytiringlar. Kim menga bir salovat aytsa, Alloh unga o‘nta salovat aytadi, deganlar”. (Imom Bayhaqiy rivoyati) Nabiy ssllallohu alayhi  vasallamga salovat aytish Qur’on orqali ham, hadislar bilan ham buyurilgan amaldir. Nabiy ssllallohu alayhi vasallamga Alloh taolo, farishtalar va payg‘ambarlar ham salovat aytishadi. Biz mo‘minlar ham salovat aytishga buyurilganmiz. Bu, nafaqat Alloh oldidagi bandalik vazifamiz, balki iki olam saodatini ko‘rsatgan ikki olam Sarvari oldidagi ummatlik tashakkurimizdir!