islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu

“ Abdurahmon ibn Avfni jannatga emaklab kirayotganini koʻrdim ”

(Rosululloh sollallohu alayhi vasallam)

Asli ismlari Abduamr boʻlgan bu zot, Islom dini bilan sharaflangandan soʻng Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam u zotga Abdurrahmon ismini berdilar. Ko’rinishlari bugʻdoy rang, uzun boʻyli, bahaybat jussali, kofirlarga qarshi shiddatli, musulmonlarga nisbattan halim boʻlgan bu zot nasab jihatidan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga qarindosh edilar. Tarixchilarning aniqlashlaricha, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Fil yilidan oʻn yil keyin dunyoga kelganlar.

Tarixchilarimiz taʼkidlarishicha, Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhudan ikki kun keyin musulmon boʻlganlar.

Boshqa ilk musulmonlar qatori Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu ham musulmon boʻlganlari uchun kofirlarning tazyiqlariga uchradilar. U kishi Makkada oʻzlariga himoyachi topa olmaganlari uchun Habashistonga hijrat qilishga majbur boʻlganlar. Keyin esa, barcha qatori Muhammad sollallohu alahi vasallamning hijratlaridan keyin Madinaga hijrat qildilar.

Uhud muhorabasida jonbozlik koʻrsatib, mingta oʻq otganlar. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam u zotning haqqilariga duo qilib jannat xushxabarini berganlar.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَبُو بَكْرٍ فِي الْجَنَّةِ وَعُمَرُ فِي الْجَنَّةِ وَعُثْمَانُ فِي الْجَنَّةِ وَعَلِيٌّ فِي الْجَنَّةِ وَطَلْحَةُ فِي الْجَنَّةِ وَالزُّبَيْرُ فِي الْجَنَّةِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَوْفٍ فِي الْجَنَّةِ وَسَعْدٌ فِي الْجَنَّةِ وَسَعِيدٌ فِي الْجَنَّةِ وَأَبُو عُبَيْدَةَ بْنُ الْجَرَّاحِ فِي الْجَنَّةِ

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Abu Bakr jannatdadir. Umar jannatdadir. Usmon jannatdadir. Ali jannatdadir. Tolha jannatdadir. Zubayr jannatdadir. Abdurahmon ibn Avf jannatdadir. Saʼd jannatdadir. Saʼid jannatdadir. Abu Ubayda ibn Jarroh jannatdadir”, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyati.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abdurahmon ibn Avfning duolari ijobat boʻlishini soʻrab Alloh taologa iltijo etgan edilar. Shu bois u kishi kimning haqqiga duo qilsalar mutlaqo ijobat boʻlar edi.

Badr jangida Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu mislsiz jasorat koʻrsatib, dushmanga qarshi kurashdilar. Allohning dushmanlaridan Umayr ibn Usmon ibn Kaʼb at-Taymiyni ayni Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu oʻldirganlar.

Uhud gʻazotida ham koʻp qahramonliklar koʻrsatib, tanalarining yigirma joyidan jarohatlangan boʻlsalar ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning atroflarida parvona kabi aylanib, u zoti muborakni himoya qilganlar va oyogʻlaridan qattiq yaralangan edilar. Shu sababli bir oz oqsoqlanib yurar edilar.

Insonlarga mehr shafqatli, qoʻli ochiq, hokisor tabiatli inson edilar. Alloh taolo oʻzlariga bergan molu mulkdan kishilarga xayr-sadaqa qilishda ham boshqalarga oʻrnak boʻlar edilar.

Imom Ahmad Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar:

“Oisha roziyallohu anho uylarida turib, Madinada har hil ovozlarni eshitdilar va:

«Bu nima?” dedilar.

Abdurahmon ibn Avfning karvoni Shomdan har xil narsalar olib keldi», deyishdi.

Karvon yetti yuz tuyadan iborat edi. Madina shovqinga toʻlib ketdi. Shunda Oisha roziyallohu anho:

“Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Abdurahmon ibn Avfni jannatga emaklab kirayotganini koʻrdim deganlarini, eshitdim”, dedilar.

Bu gap Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhuga yetdi. Shunda u zot:

“Agar qodir boʻlsam, albatta, tik turib kiraman”, dedilar va karvonni egar-jabdugʻi va yuklari bilan Alloh yoʻlida ehson qilib yubordilar.

Islomiyatning yoyilishi va rivoji yoʻlida xizmatlari ulugʻ boʻlgan bu zot Hazrati Umarning shahodati tufayli yigʻilgan kengashning olti nafar aʼzosidan biri boʻlganlar.

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu vafotlaridan oldin Oisha onamiz roziyallohu anho oldilariga kelib, u kishin oʻz hujralariga, Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakr Siddiq yonlariga dafn qilishni taklif qildilar.

Ammo Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu rozi boʻlmadilar. U kishi Usmon ibn Maʼzun roziyallohu anhu bilan vafotidan soʻng yonma-yon yotishni vaʼdalashganini aytdilar.

Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu hijratning 32-yili Madinada vafot etdilar. U zotning islomdagi xizmatlari buyuk bo’ldi Alloh u kishidan rozi boʻlsin.

 

“Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti 101-guruh talabasi Burxoniddinov Shamsiddin

317000cookie-checkAbdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu
1 та фикр мавжуд

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: