islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Bolaga valiylik qilish 

Valiylik ota-ona vaqarindoshlarning burchi va bolalarning haqqidir. Yetti yoshdan balog’at yoshiga yetguncha bolalar valiyga, o’zidan katta raxbarga muxtojdirlar. Bu ham, agar otaona bo’lmasa, yaqin qarindoshlariga yuklatiladi. “Valiylik” arab tilidagi “valiyyun” so’zidan olingan bo’lib, “yaqin bo’lish” , “ishini qilish” va “himoyasiga olish” manolarini bildiradi. Shariat istilohida esa “valiylik” ba’zi kishilarga shari’at bergan haq bo’lib, uning egasi u ila o’zgaga gapini o’tkazada. Bunda mazkur o’zganing roziligi shart emas. Musulmonlar farzandga xurlik, mukallaflik va musulmonlik sharti ila  “asaba”lar o’z tartiblariga binoan valiy bo’ladilar.

Valiylik uch xil bo’ladi:

  1. Jonga valiylik.

Bunga moli yo’q yosh bola misol bo’ladi. Bunda valiy unga ta’lim  beradi, odob beradi va voyaga yetganda nikoxlab, oilali qilib qo’yadi.

Ota-ona va boshqa valiylarning balog’atga yetganlarni , agar ularning  o’zlari istamasa, nikohga, taloqqa majburlashga va molini olishga  haqlari yo’q.

  1. Molga valiylik.

Bunda molni tasarruf qilishni bilmaydiganlarning moliga qarab  turish uchun valiy bo’ladi.

  1. Jonga va molga valiylik qilish.

Bunga yetim va boy bolaga valiy bo’lish misol bo’ladi. Bunda  valiy yetimni tarbiyalab, o’stirish bilan birga, uning molini muxofaza  qilishga ham mas’ul bo’ladi.

Xulosa qilib aytamizki, aziz farzandlarimiz o’zlarini makorimul axloq kabi ulug’ sifatlar bilan ziynatlagan holda ilm olishda, kasb-hunar malakalarini hosil qilishda, jamiyat va vatanga xizmat qilishda zo’r kuch va g’ayrat sarflaydilar deb umid qilamiz.

Toshkent islom instituti talabasi

Mahmudjonov Javohir

365050cookie-checkBolaga valiylik qilish 

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: