Xudodan gul va kapalak so’ragan bir odam bor edi. Ammo buning o’rniga Xudo unga kaktus va kapalak qurti berdi. U odam xafa edi. U nima uchun so’rovi noto’g’ri ekanligini tushunmadi. Keyin esa o’yladi: ey, Xudoning g’amxo’rlik qiladigan odamlari juda ko’p va savol bermaslikka, noshukirlik qilmaslikka qaror qildi.
Biroz vaqt o’tgach, u unga berilgan hadyalarini kòzdan kechirish uchun ketdi. Ajablanarlisi shundaki, tikanli va xunuk kaktusdan chiroyli gul o’sib chiqqan va ko’rimsiz qurt eng chiroyli kapalakga aylangan edi.
Xudo har doim hamma narsani to’g’ri qiladi. Uning yo’li har doim eng yaxshi yo’ldir, garchi bizga hammasi noto’g’ri bo’lib tuyulsa ham. Agar siz Xudodan bir narsani so’rasangiz va boshqasini qabul qilsangiz, hech ham ajablanmang. Ishonchim komilki, u har doim kerakli vaqtda sizga kerak bo’lgan narsani beradi. Siz xohlagan narsa har doim ham sizga kerak bo’lgan narsa emas!
Xudo hech qachon bizning iltimoslarimizni bee’tibor qoldirmaydi shuning uchun shubhalanmasdan va nolimasdan unga borishda davom eting. Tanlovni o’ziga qoldirganlarga Xudo eng yaxshisini beradi.
Toshkent islom instituti talabasi Abdulvahobov Orifjon