islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Qorong’udagi ziyofat

Darhaqiqat, chin musulmon hammaga foydasi tegadigan, oʻziga ravo koʻrganini boshqaga ravo koʻradigan odamdir. Muqaddas dinimizda Alloh yoʻlida doʻstlashish va bir-biriga mehr-muhabbatli boʻlish savobi ulugʻ ibodatlardan hisoblanadi. Inson toki oʻzi uchungina yaxshi koʻrishni tark qilmas ekan, atrofidagi yor- birodarlarini foydasini hech qachon koʻzlamaydi.

Haqiqiy doʻst birodaridan yordamini ayamaydi. Uning mushkulotlarini oson qilishga, unga yetadigan jabr-zulmni qaytarishga harakat qiladi. Quyidagi hikoya bunga yaqqol misoldir.

“Oʻttizdan ortiq doʻstlar birodarlarini ziyorat qilishga bordilar. Va lekin u doʻstlarini uyida birodarlariga yetarli non yoʻq edi.

U bu holatdan hijolat torta boshlagan vaqtda, doʻstlaridan biri ularga bor nonni kichik boʻlaklarga boʻlib soʻng birgalikda yeyishni taklif qildi.

Boshqa biri esa, nonni yeyish paytida chiroqni oʻchirishni taklif qildi, chunki har birlari oʻziga yetarlicha yeyotganda, boshqasi buni koʻrishi unga malol keltirmasligi uchun. Shu takliflarga koʻra nonni olib uni kichik boʻlaklarga kesishdi, soʻng nonni oldilariga qoʻydilar va chiroqni oʻchirib nonni yeyishga oʻtirdilar. Bir muddatdan soʻng, chiroqni yoqishdi- da, ajib holatga guvoh boʻlishdi. Non boʻlaklari qanday qoʻyilgan boʻlsa shunday turar edi

Har biri doʻstlarini oʻzidan afzal qoʻyib, nonga qoʻlini uzatmadi ham, uni yemadi ham. Va ochlikni afzal bilib, doʻstlari yeb toʻyib olishiga imkon berdi”.

Doʻstlar Rosululloh sallallohu alayhi vasallamni quyidagi hadislariga amal qildilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

< Bir kishi Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, Ey Allohning Rasuli, menga qattiq ochlik yetti, dedi. U zot uni ayollariga yuborgan edilar, ularning huzurida ham hech narsa topilmadi. Shunda U zot: ” Bu kecha ( manavi) Alloh rahm qilgurni mehmon qiladigan kishi bormi? ” dedilar. Ansoriylardan bir kishi turib, “Men, Ey Allohning Rasuli”, dedi. U ahlining kuzuriga borib, ayoliga: ” Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning mehmonlari, undan hech narsani ayama”, dedi. U: ” Allahga qasamki, huzurimda bolalarning ovqatidan boshqa hech narsa yoʻq”, dedi. ” Bolalar kechki ovqatni istashsa, ularni uxlatib qoʻy- da, bu yoqqa kelib, chiroqni oʻchir. Bu kecha qornimizni bogʻlab ola qolamiz, dedi. U shunday qildi. Ertalab haligi kishi Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga borgan edi, u zot: ” Batahqiq, Alloh falonchi va falonchi ayoldan ajablandi [yoki mamnun boʻldi] ” , dedilar. Shunda Alloh azza va jalla “…va garchi oʻzlarining hojatlari boʻlsa ham, (ularni) oʻzlaridan ustun qoʻyadilar…” ni nozil qildi.

Demak, kishi oʻzi yaxshi koʻrgan narsa, amal yoki xulqni birodariga ham ilinsa Alloh taolo oʻz kalomida maqtanan maqomga erishishi mumkin ekan. Robbim bizlarga yuksak darajalarni nasib qilsin.

 

Toshkent islom instituti talabasi

Luqmonjonov Abdulbosit

410280cookie-checkQorong’udagi ziyofat

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: