2023-yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra dunyodagi eng ko‘p kitob o‘qiydigan davlat bu – Hindiston. Uning aholisi haftasiga O‘rtacha 10,7 soatini kitob o‘qishga bag‘ishlaydi. Hindistonliklar faqat kino tomosha qilishadi, desak adashamiz. Ular dunyoda eng ko‘p kitob o‘qiydigan xalq hisoblanadilar. Buni dunyoda yirik kompaniya boshqaruvchilari asosan Hindlar ekanligi va aynan Hindistonda Texnologiya va Tibbiyot yaxshi rivojlanganidan ham sezish mumkin.
Ikkinchi o‘rinda 9,4 soat bilan betakror va noodatiy tabiat qo‘ynida kitob o‘quvchi xalq ya’ni Tailand xalqi turibdi. Deyarli barcha kitobsevarlar orolda dengiz bo‘yida kitob mutolaa qilishni intizorlik bilan kutishadi, Tailandliklar esa deyarli har kuni shunday manzilda kitob bilan do‘stlashishadi.
Uchinchi o‘rinda esa – Xitoy. Butun dunyoda turli xil yo‘nalishlarda o‘z o‘rnini band qilib turgan Xitoyliklar bu yo‘nalishda ham sust emaslar. Xitoylik kitobsevarlar haftasiga 8 soat kitob o‘qiydilar.
To‘rtinchi o‘rinda esa orollari bejirim marjonlarga boy bo‘lgan Filippin davlati haftasiga 7,6 soat kitob o‘qiydi.
Beshinchi o‘rinda Misr – dunyodagi eng uzun daryo oqib o‘tuvchi ammo deyarli qizigan cho‘ldan iborat davlat aholisi-haftasiga 7,5 soat kitob o‘qishadi.
Oltinchi o‘rinda eng ko‘p aeroportlarni o‘z ichiga sig‘dirgan Chexiya davlati haftasiga 7,4 soat kitob o‘qiydi. Shu bilan birga ularda 5 ta omadli kishi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishgan.
Yettinchi o‘rinda sovuq o‘lka kitobxonlari istiqomat qiluvchi davlat ya’ni Rossiya -haftasiga 7,1 soat.
Sakkizinchi o‘rinda 14 ta orol ustida bunyod etilgan davlat ya’ni Shvetsiya kitobxonlari haftasiga 6,9 soat kitob bilan birga bo‘lishar ekan.
To‘qqizinchi o‘rinda – Fransiya. Sayyohlar soni mamlakat aholisidan-da ko‘proq bo‘lgan va qolaversa adabiyot sohasida 15 marta Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan davlat kitobxonlari haftasiga 6,9 soat kitob o‘qishadi.
O‘ntalikning so‘nggi o‘rinida esa – Vengriya kitobxonlari haftasiga 6,8 soat kitob mutolaa qilishadi.
Sizchi?! Siz qancha vaqtingizni kitob bilan o‘tkazasiz!
Toshkent islom instituti talabasi
Islom A’zam