islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Soha rahbarlari “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga tashrif buyurdilar

  Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari, Toshkent islom instituti rektori, professor M.Muhammadsiddiqov, OʻMIMoliyaviy nazorat va tahlil boʻlimi mudiri I.Zuhriddinov, Taʼlim va ilmiy-tadqiqotlarboʻlimi mudiri S.Sherxonov Xorazm viloyatida joylashgan “Imom Faxriddin ar-Roziyo’rtamaxsus islom ta’lim muassasasiga tashrif buyurdilar.

 OʻMI raisi oʻrinbosari M.Muhammadsiddiqov dars jarayonlarini kuzatib, taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini koʻtarish, diniy taʼlimda anʼanaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllanilishiga doir oʻz takliflarini bildirdi. Shu bilan birga masʼullar tomonidan ustoz va talabalarning fikr-mulohazalari ham tinglandi.

Tashrif davomida soha rahbarlari taʼlim muassasasi oʻqituvchi va talabalari bilan uchrashib, muloqot oʻtkazdilar.

Muloqotda OʻMI raisi oʻrinbosari M.Muhammadsiddiqov va masʼullar Oʻzbekistondagi diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, xususan diniy taʼlim yoʻnalishida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar, dunyoda gigeosiyosiy jarayonlar, global tahdidlar, turli maqsadlarga xizmat qiluvchi siyosiy-diniy oqimlar xatari, oʻqituvchi va talabalarning masʼuliyati, ilmning fazilatlari, imomlikning sharafi, oʻziga yarasha mashaqqatlari, bilimli vad unyoqarashi keng diniy kadrlarga boʻlgan ehtiyoj kabi masalalar yuzasidan nutq soʻzladilar.

Uchrashuvda madrasa bitiruvchilarining yurtimiz masjidlariga imom-xatib, noib imom hamda diniy taʼlim muassasalariga mudarrislik vazifalariga ishga taqsimot qilinishiga oid masala ham muhokama qilinib, oʻqishni tamomlagach, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida faoliyat yuritishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani va mana shunday mutaxassislarga masjidlarda doim ehtiyoj va talab mavjud ekanligi alohida taʼkidlandi.

Oʻrta maxsus taʼlimdan keyin oʻqishni davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar yurtimizdagi 10ta madrasani tamomlab, 3ta oliy diniy taʼlim muassasalarida bakalavr, undan soʻng esa Toshkent islom institutida ochilayotgan magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olishlari mumkin.

 Shundan soʻng, madrasadagi shart-sharoitlarni oʻrganish asnosida rahbarlar Axborot-resurs markazida ham boʻlishib, kitoblar, oʻquv darsliklar, manba va adabiyotlar bilan tanishdilar.

 Axborot resurs markazi va oʻquv zallari zamonaviy texnika vositalari bilan toʻliq taʼminlangan. Kitoblarning mualliflari, chop etilgan nashri, yilidan iborat kataloglar talab darajasida yuritilmoqda.

  Maʼlumot uchun, Xorazm viloyatidagi “Imom Faxriddin ar-Roziymadrasasi 1992-yili XonqatumanidagiXalifai Xudoyquli eshon bobo” jome masjidi binosida faoliyat boshlagan. Madrasaga Xorazmning ulugʻ mufassir va mutakallim olimi Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar Roziy (1150–1209) nomi berilgan. 1994-yili madrasa Urganch shahri markazidagi Doshqinjon bobo” tarixiy binosiga koʻchirilgan. 2005-yili viloyat teleradiokompaniyasiga qarashli ikkita ikki qavatli bino taʼlim muassasasiga berilib, bugungi kunda mazkur binoda faoliyat olib bormoqda. Taʼlim muassasasida oʻqish kunduzgi taʼlim shaklida 4 yil etib belgilangan.

 Masʼullar “Imom Faxriddin ar-Roziymadrasasi qoshida faoliyat yuritayotganQurʼoni karim va tajvidoʻquv kursining oʻqituvchi va tinglovchilari bilan suhbatlashdilar, ularning fikr-mulohazalaridan ham xabardor boʻldilar.

  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Diniy-maʼrifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar Dasturining 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2018-yil 30-apreldagi 01A/056-sonli buyrugʻi tasdiqlandi. Shu munosabat bilan “Imom Faxriddin ar-Roziymadrasasida 2018-yil 10-iyundan boshlabQurʼoni karim va tajvidoʻrgatish boʻyicha pullik oʻquv kurslari tashkil etildi.

Oʻquv kurslariga Oʻzbekiston RespublikasiningTaʼlim toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari suhbatasosida qabul qilinadi.

Tinglovchilar diniy taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

Taʼlim muassasasi rahbari nomiga ariza;

pasport nusxasi (asli koʻrsatiladi);

4 dona fotosurat (3×4 hajmdagi);

 Manzil: Xorazm viloyati, Urganch tumani, Qoramon qishlog’I, Kattabogmahallasi, Hamkorlik ko’chasi, 43-uy

 Hozirda yurtimizda 28 ta mana shunday Qurʼoni karim va tajvidoʻquv kurslari ishlab turibdi.

☎️ (95) 606-92-55

 

 

TII Matbuot xizmati

420400cookie-checkSoha rahbarlari “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga tashrif buyurdilar

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: