islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Ko‘rinmaydigan yashirin “E”lar. Ogohlik!

Do‘konlar rastalarida rang barang, mazali, odamni o‘ziga tortadigan turli xil mevalar ko‘zni quvnatadi. Lekin, ular ortida nimalar yashiringan?! Ko‘rinmaydigan “E” qo‘shimchalar albatta. Ular inson sog‘lig‘i uchun juda ham xavfli. Sababi shundaki, ushbu ranglari, ko‘rinishi juda ham chiroyli ko‘ringan mevalarning ustki qismiga E-230, E-231, E-232 kabi konservantlar sepiladi. Bu kimyoviy konservantlar mevalarning ko‘rinishini uzoq vaqt o‘zgarmay turishini ta’minlab beradi va aynan shu sababli ham mevalar uzoq vaqt aynimay turadi. Ushbu konservantalar- FENOL! U juda kuchli zahar hisoblanib, oz miqdorda iste’mol qilinganda rak hujayralarini harakatga keltiradi, ko‘p miqdorda esa zaharlanishga olib keladi. Ushbu konservantlar mevalarning faqat ustgi qismiga oz miqdorda surtiladi va suv bilan yuvganda osonlik bilan ketadi, shuning uchun ham mevalarni sotib olganimizda, iste’mol qilishdan oldin yuvishimiz darkor. Hattoki, bananlarni ham, garchi ustki po‘stlog‘i iste’mol qilinmasada, qo‘l bilan olib tashlanganda qo‘lda ushbu konservantlar qolib ketishi aniq.

Ko‘rinmaydigan xavfli “E”lardan ehtiyot bo‘ling!!!

Shu narsani yana ta’kidlash lozimki, ba’zi “E” qo‘shimchalari bir necha davlatlarda mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishga ma’n etilgan. Ulardan biri: E-103-“alkanin”, o‘simliklar ildizidan olinadigan qizil rangdagi bo‘yoq hisoblanib, ko‘rinishidan bezarar ko‘rinsada, aslida inson sog‘lig‘i uchun katta xavf keltirib chiqaradi. Alkanni uzoq muddat davomiy iste’mol qilish o‘simtalar keltirib chiqaradi, shuningdek, teri va ko‘zga tushganda allergiya, kuchli qichishish va qizarishlarga olib keladi. Oldin mahsulotlar tarkibida, hatto ba’zi sabzavot va mevalarni ustki qismini bo‘yash uchun foydalanilgan bo‘lsada, hozirgi kunda bir-necha davlatlarda ma’n erilgan. Bu kabi xavfli bo‘yoqlar sarasiga E-121, E-123, E-128 lar ham kiradi.

Xavfli bo‘lgan konservantlardan esa: E-216, E-217 va E-240 ham sog‘liq uchun xavfli qo‘shimchalardandir. E-216 va E-217 “propilparaben” allergik reaksiyalardan tortib o‘simtalar paydo bo‘lishigacha olib keladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, shular kabi korinmaydigan xavfli “E” lardan ehtiyot bo‘ling, o‘zingiz va yaqinlaringiz sog‘lig‘i uchun ogoh bo‘ling!

Toshkent islom instituti talabasi

403-guruh talabasi Malika Narzullayeva

275720cookie-checkKo‘rinmaydigan yashirin “E”lar. Ogohlik!

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: