Муаллимга кибр қилиш, уни менсимаслик тубан хулқ ҳамда нифоқ аломатларидан ҳисобланади. Имом Табароний “ал-Кабир”да ривоят қилган ҳадиси шарифда бундай дейилади: “уч тоифа инсон борки, уларни фақат мунофиқгина хорлайди: Исломда мўйсафид бўлган қария, илм соҳиби ва одил раҳбар”. Имом Қуртубий роҳимаҳуллоҳ дедиларки: Агар мутакаббир кишини кўрсанг билгинки, унинг намози кам ёки ундан бутунлай маҳрум бўлган. Чунки кибр билан кўп сажда қилиш бирга жамланмайди. Ривоят қилишларича: Бир кишиникига меҳмон келиб қолди. Уйда меҳмонга қўядиган ҳеч вақо йўқ эди. У бир литр қатиқ олиб келиб, беш литр сув қўшиб, туз ва муз солиб, айрон тайёрлади. Бир литр қатиқ беш литр сувни қабул қилиб, тотли ичимликка айланди. Агар ўша қатиққа бир томчи бензин тушиб кетганида уни ичиб бўлмас эди. Худди шунингдек, салгина такаббурлик ҳам амални бузиб юборади. Мутакаббир кимса Аллоҳдан тўсилади, халойиқ томонидан нафратга учрайди. Аллоҳ таоло бу ҳақда «Чунки уларга ёлғиз Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ дейилган вақтда кибр-ҳаво қилган эдилар», деган (Соффот сураси, 35 оят)... - Жаъфархон СУФИЕВ, ТИИ талабаси
Mahmudxo‘ja Behbudiy — o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri, katta siyosiy va madaniy faoliyat olib borgan shaxsdir. U o‘zining ilmiy, badiiy va jamoat ishlarida katta iz qoldirgan. -Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.PARPIYEV
Ibn Hojib (Usmon ibn Amr ibn Abu Bakr) hijriy 570-yilda (milodiy 1174) dunyoga kelgan. U o‘z davrining mashhur tilshunosi bo‘lib, nahv (arab grammatikasi), fiqh, usul, qiroat va mantiq fanlarida yuksak bilimga ega bo‘lgan. - Toshkent islom instituti talabasi Nurislomxo‘ja UMBAROV
BMTning ingliz tili kuni (UNO‘s the English Language Day)-xalqaro bayram bo‘lib, u har yili 23-aprelda nishonlanadi. Bayram 2010-yilda BMT Jamoatchilik axboroti departamenti tomonidan “ko‘p tillilik va madaniy turfa xillikni nishonlash hamda BMTning barcha rasmiy 6 ta tillardan teng huquqli foydalanishni targ‘ib qilish maqsadida” ta’sis etilgan . 23-aprel sanasi “an’anaviy tarzda nishonlanadigan mashhur ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspirning tug‘ilgan kuni va vafot etgan kuni” sifatida tanlab olingan. Ingliz tili bilan bir qatorda BMTning qolgan 5 ta rasmiy tili sharafiga xalqaro bayramlar ham o‘tkaziladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tillar kunining nishonlanishidan ko‘zlangan maqsad ko‘p tilli va madaniy xilma-xillikni nishonlash, shuningdek, butun olti rasmiy tildan butun tashkilotda teng ravishda foydalanishni rag‘batlantirish edi. Ingliz tili kunining xalqaro doirada nishonlanishidan maqsad yesa odamlarni tarix, madaniyat va til bilan bog'liq yutuqlar haqida xabardor qilishdir. Ushbu kunda ko'pincha kitob o'qish tadbirlari, ingliz tilida viktorinalar, she’rlar va adabiyotlar almashinuvi va ingliz tilini targ'ib qiluvchi boshqa tadbirlar o'tkaziladi... “Tillar” kafedrasi katta oqituvchisi Faxriddin Yernazarov tayyorladi
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ogoh boʻling, ayollarni faqat valiylari turmushga bersin va faqat oʻzlariga teng boʻlgan kishilarga turmushga bersinlar”, deganlar. Xalqimizda “teng tengi bilan” degan hikmatli soʻz bor. Bu soʻz shariatimizning koʻrsatmalariga muvofiq keladi. Fuqaholar boʻlajak kelin-kuyovlar quyidagi jihatlarda oʻzaro teng boʻlishiga e’tibor qilish lozimligini aytganlar: Otabek BAKIROV, TII 401-guruh talabasi