islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Oliy ma'had

Муаллиф:

TOHIR IBN OSHURNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI

Muhammad Tohir ibn Oshur o‘zining sermahsul hayoti davomida arab va islom ummatining tarixiy burilish davriga guvoh bo‘ldi. XIX asrning oxiri va XX asrning birinchi yarmi arab mamlakatlari va umuman islom dunyosi uchun siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, diniy va madaniy sohalarda chuqur inqiroz va o‘zgarishlar davri bo‘ldi. Bu davrda yirik mustamlakachilik davlatlarining arab diyorlariga nisbatan agressiv siyosati kuchayib, mintaqaning katta qismi bevosita yoki bilvosita ularning nazoratiga o‘tdi. Siyosiy parokandalik, milliy ozodlik harakatlarining shakllanishi, an’anaviy ijtimoiy tuzilmalarning yemirilishi va modernizatsiya jarayonlarining ziddiyatli kechishi bu davrning xarakterli xususiyatlari edi...

Muhammad Avvomaning “Asarul-Hadis” kitobida fiqhiy ixtiloflar sabablarining yoritilishi

Muhammad Avvoma mazkur kitobida fiqhiy ixtiloflarning asosiy sabablari, ular qanday yoritilgani tahlil qilinadi. Ixtiloflarning ildizlari, ularning asosiy sabab va omillari, shuningdek, islomiy ilmiy merosdagi o‘rni va ahamiyati haqida ilmiy asoslangan yondashuvni namoyon qilgan. Asarda hadis ilmining fiqhiy qarorlar shakllanishidagi roli, dalillarni anglash va talqin qilishdagi tafovutlar batafsil yoritilgan. Asarda hadis ilmi va fiqh o‘rtasidagi uzviy aloqa, shuningdek, ixtiloflarning tabiiyligi va ijobiy jihatlari ko‘rsatib beriladi. - Abdullo KOMILOV, TII 4-kurs talabasi

Қуръони каримда ворид бўлган ажамий сўзларни ўрганиш

Қурьони каримда тадқиқотчилар хулосасига кўра жами 275 марта ажамий сўзлар ишлатилган. Бу сўзлар араб тилига асосан форс тилидан, иброний, сурёний, оромий, ҳабаший, юнон, курдий ҳамда бошқа тиллардан кириб келган. Қуръони карим нозил бўлишидан олдин ажамий сўзлар араб тилида жуда яхши ўзлаштирилган. - Тошкент ислом институти талабаси Лутфулла МИРЗАҚУЛОВ

IBN HISHOMNING “BANAT SU‘AD” QASIDASIGA YOZGAN SHARHI

Arab adabiyotining eng mashhur namunalari orasida Ka‘b ibn Zuhayrning “Banat Su‘ad” qasidasi alohida o‘rin egallaydi. Bu qasida nafaqat o‘zining go‘zal badiiy tuzilishi, balki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bag‘ishlangan ilk she’riy madh sifatida tarixga muhrlangan. Ushbu asar atrofida ko‘plab izohlar va sharhlar yozilgan bo‘lib, sharqshunos Karl Broskelman ularning sonini 35 atrofida deb belgilagan. Biroq bu son ham mavjud barcha sharhlarni to‘liq aks ettirmaydi. Zuxriddin YUNUSOV, TII 405-guruh talabasi

MULLA ALIY QORINING HANAFIY FIQHIGA QO‘SHGAN HISSASI

Islom tarixida fiqh – ya’ni shariat qonunlari va diniy hayot qoidalarini o‘rganish ilmiga xizmat qilgan ko‘plab buyuk olimlar yetishib chiqqan. Ularning orasida o‘z bilim va fidokorligi bilan ajralib turgan ulug‘ allomalardan biri – Mulla Aliy Qoridir. U hanafiy fiqhining asoslarini chuqur o‘rganib, uni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish, diniy bilimlarni tartibga solish va rivojlantirish borasida ulkan hissa qo‘shgan. Abdulvoris NURIDDINOV, TII 4-bosqich talabasi
1 2 3 1 506