عَنْ إِسْمَاعِيلَ قَالَ: حَدَّثَنِي مَالِكٌ عَنْ إِسْحَاقَ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي طَلْحَةَ أَنَّ أَبَا مُرَّةَ مَوْلَى عُقَيْلِ بْنِ أَبِي طَالِبٍ أَخْبَرَهُ عَنْ أَبِي وَاقِدٍ اللَّيْثِيِّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَيْنَمَا هُوَ جَالِسٌ فِي المَسْجِدِ وَالنَّاسُ مَعَهُ إِذْ أَقْبَلَ ثَلَاثَةُ نَفَرٍ فَأَقْبَلَ اثْنَانِ إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ وَذَهَبَ وَاحِدٌ قَالَ: فَوَقَفَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَأَمَّا أَحَدُهُمَا فَرَأَى فُرْجَةً فِي الحَلْقَةِ فَجَلَسَ فِيهَا، وَأَمَّا الآخَرُ فَجَلَسَ خَلْفَهُمْ، وَأَمَّا الثَّالِثُ فَأَدْبَرَ ذَاهِبًا، فَلَمَّا فَرَغَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَلَا أُخْبِرُكُمْ عَنِ النَّفَرِ الثَّلَاثَةِ؟ أَمَّا أَحَدُهُمْ فَآوَى إِلَى اللَّهِ فَآوَاهُ اللَّهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَاسْتَحْيَا فَاسْتَحْيَا اللَّهُ مِنْهُ، وَأَمَّا الآخَرُ فَأَعْرَضَ فَأَعْرَضَ اللَّهُ عَنْهُ». Abu Voqid al-Laysiydan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam masjidda o‘tirgan edilar, odamlar u zot bilan birga edilar. Shu payt uch kishi keldi. Ularning ikkitasi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga yaqinlashdi, biri esa ketdi. U ikkitasi Rasululloh huzuriga kelib to‘xtashdi. Ulardan biri halqada bo‘sh joyni ko‘rib, o‘sha joyga o‘tirdi. Ikkinchisi orqaroqqa o‘tirdi. Uchinchisi esa yuz o‘girib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ishlarini tugatgach, dedilar: “Sizlarga bu uch kishi haqida xabar berayinmi? Ulardan biri Allohning huzuriga intildi – Alloh uni panohiga oldi. Ikkinchisi uyaldi – Alloh undan hayo qildi. Uchinchisi yuz o‘girdi – Alloh undan yuz o‘girdi.” Islomda ilm majlislari Allohning eng sevimli bandalaridan bo‘lish yo‘lida muhim manba hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ilmlarni faqat bilim emas, balki Allohga yaqinlik manbai sifatida o‘rgatganlar. Yuqoridagi hadis bu haqiqatning yorqin namunasi hisoblanadi. Hadis voqeiy tarzda uchta kishining masjidga kirib kelishi bilan bog‘liq. Bu voqea orqali quyidagi ijtimoiy-axloqiy saboqlar olinadi: Ilmiy majlisda faol qatnashish savobdir. Halqaga kirib o‘tirgan kishi Allohning panohiga erishdi. Bu ilm majlisiga intilishning fazilatini ko‘rsatadi. Hayo – Allohga yaqinlik belgisi. Orqaroq o‘tirgan kishi uyalgani sababli Alloh undan hayo qildi. Hayo musulmonlikning ajralmas jihatidir. Ilmdan yuz o‘girish – ilohiy rad etilish sababidir. Hadisda yuz o‘girgan kishidan Alloh ham yuz o‘girgani ta’kidlanadi. Bu ilmiy muhitdan chetlashishning jiddiy oqibatlarini bildiradi. Ilm halqasiga yaqin o‘tirish mustahabdir. Ko‘pchilik fuqaho bu hadisdan ilmiy halqaga yaqinlashish mustahab ekani haqida istinbot qilganlar. Uyat hissi shariatda fazilat sanaladi. Hattoki orqada o‘tirish ham hayo niyatida bo‘lsa, bu maqbul bo‘lishi mumkin. Ilmdan nafratlanish, ishtirokni rad etish ma’naviy halokatga olib keladi. Bu hadis orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallam musulmonlarning ilm majlisidagi odobini, Allohga yaqinlashish vositalarini, va ijtimoiy muomala shakllarini o‘rgatganlar. Har bir musulmon bu uch kishining qaysi biri bo‘lishni tanlashi kerak: ilmga intilgan, hayo bilan ishtirok etgan, yoki yuz o‘girgan… Korabayev Nurpeys 401-guruh talabasi 43
Murobaha savdosi – moliyaviy operatsiyalarning eng qadimiy va keng qo‘llaniladigan shakllaridan biri bo‘lib, uning asoslari islom iqtisodiyotida ribosiz savdo qilish tamoyillariga asoslanadi. “Murobaha” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “foyda qo‘shib sotish” yoki “kelishilgan foyda bilan sotish” degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu savdo shakli islom iqtisodiyotida savdo munosabatlarining shariat tomonidan belgilangan shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash maqsadida shakllangan. Murobaha savdosining shar’iy asoslari Murobaha savdosining asoslari Qur’oni Karim va hadislar orqali belgilangan. Qur’oni Karimda ribo (foiz) aniq ta’qiqlangan bo‘lib, savdo esa halol qilingan (Baqara surasi, 275-oyat). Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) ham savdoda ochiqlik, halollik va shaffoflikka urg‘u berganlar. Aynan shu tamoyillar murobaha savdosining shariat talablariga muvofiqligini ta’minlaydi. Murobahaning asosiy xususiyati – sotuvchi tomonidan tovarning tannarxi va qo‘shiladigan foydaning aniq va ochiq-oshkora qilib xaridorga ko‘rsatilishidadir. Bu shaffoflik bitimning haqiqiyligini, shariatga muvofiqligini ta’minlaydi va riboviy muomalalardan farqlab turadi. Murobaha savdosining tarixiy shakllanishi Murobaha savdosining tarixiy ildizlari islomning ilk davrlariga, ya’ni VII asrning boshlariga borib taqaladi. Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) va sahobalar davrida tijorat munosabatlarida mahsulotlarning tannarxi va foyda miqdorini ochiq-oshkora ko‘rsatib savdo qilish keng tarqalgan edi. Bu amaliyot keyinchalik islom huquqi (fiqh) kitoblarida ham o‘z aksini topdi va murobaha bitimlari iqtisodiy munosabatlarning islomiy shakli sifatida tan olindi. Tarixiy manbalarda murobaha savdosining qo‘llanilishi haqida ko‘plab misollar mavjud. Jumladan, Imom Abu Hanifa va boshqa fiqh olimlarining fatvolarida murobaha bitimlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O‘rta asrlar musulmon savdogarlari orasida murobaha bitimlari tijoratning asosiy shakllaridan biri sifatida keng qo‘llanilganligi tarixiy hujjatlar bilan tasdiqlangan. Zamonaviy moliya tizimida murobaha savdosi XX asrning oxirlaridan boshlab, islom iqtisodiyotining qayta tiklanishi va rivojlanishi bilan bir qatorda, murobaha savdosi ham zamonaviy moliya tizimida qayta jonlandi va yanada takomillashdi. Bugungi kunda islom banklari va moliyaviy institutlar tomonidan murobaha savdosining zamonaviy shakllari ishlab chiqilib, keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy moliya muassasalarida murobaha shartnomalari orqali ko‘chmas mulk, avtomobillar, ishlab chiqarish uskunalari va boshqa yirik xaridlar moliyalashtirilmoqda. Murobaha orqali bitim tuzishda bank yoki moliyaviy institut mijozning talabiga ko‘ra mahsulotni xarid qiladi va uni aniq xarajat va belgilangan foyda bilan bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini yaratgan holda sotadi. Shu tarzda moliyaviy muassasalar ribosiz va shariatga mos moliyaviy xizmatlarni taqdim qilishmoqda. Murobaha savdosining shariat talablari Murobaha savdosining shariat talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Tannarxning aniq va oshkora bo‘lishi; Sotuvchi mahsulotga ega bo‘lishi va uning sotuv vaqtida mavjud bo‘lishi; Foyda miqdorining kelishilgan va qat’iy belgilangan bo‘lishi; Bitimning shaffofligi va tomonlarning o‘zaro kelishuv asosida amalga oshirilishi. Ushbu talablar bajarilgan holatda murobaha bitimi shariatga muvofiq va halol hisoblanadi. Aks holda, bitimning shariat tomonidan qabul qilinmasligi va riboviy bitimga aylanish xavfi mavjud. Xulosa Murobaha savdosi islom moliyaviy tizimida o‘ziga xos o‘rin tutib, ribosiz moliya amaliyotlarini amalga oshirish uchun samarali vositadir. Uning tarixiy ildizlari va zamonaviy rivojlanish istiqbollari murobahaning iqtisodiy ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, murobaha bitimlarining shariat talablariga qat’iy muvofiq amalga oshirilishi uning halolligini va zamonaviy iqtisodiyotda keng qo‘llanilishini ta’minlash uchun asosiy shart bo‘lib qolmoqda. Tillayev Muhammadali TII 404-guruh talabasi 124
Islom tarixida fiqh – ya’ni shariat qonunlari va diniy hayot qoidalarini o‘rganish ilmiga xizmat qilgan ko‘plab buyuk olimlar yetishib chiqqan. Ularning orasida o‘z bilim va fidokorligi bilan ajralib turgan ulug‘ allomalardan biri – Mulla Aliy Qoridir. U hanafiy fiqhining asoslarini chuqur o‘rganib, uni keng ommaga tushunarli tarzda yetkazish, diniy bilimlarni tartibga solish va rivojlantirish borasida ulkan hissa qo‘shgan. Abdulvoris NURIDDINOV, TII 4-bosqich talabasi
Islomning dastlabki asrlarida yashagan mutaqaddim ulamolarimiz – sahobalar, tobeinlar va ilk muhaddislar – tabarruk masalasida amaliy yondashuvni afzal ko‘rganlar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning hayotlarida sahobalar u zotning soch tolasi, kiyimlari, hatto tupurgan joylarini tabarruk qilishgan. Buxoriy va Muslimda keltirilgan hadisda Anas ibn Molik roziyallohu anhu aytadi: Nasrulloh OTAJONOV, TII 4-kurs talabasi
Har bir davr o‘ziga xos jihatlarga ega bo‘lib, ularning har biri Qur’on oyatlarining nozil bo‘lishi va tafsirida bevosita rоl o‘ynagan. Shunday qilib, Payg‘ambarimiz alayhissalomning siyratlarini bosqichma-bosqich o‘rganish, bu muqaddas yo‘lni yoritib, Qur’oni karim oyatlarini chuqurroq anglash, hadislarning ma’no va mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi. Har bir davr – Makka va Madina bosqichlari – Islom dinining shakllanishi, mustahkamlanishi va butun insoniyatga yoyilishi yo‘lida bebaho saboqlarni o‘zida mujassam etgan. Bu davrlar faqat tarixiy tafsilot emas, balki hayotiy yo‘l-yo‘riq, axloqiy mezon va ruhiy tarbiya manbai sifatida biz musulmonlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhammaddiyor MO‘MINOV, TII 4-kurs talabasi