islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
Iyun 4, 2025

Day

SHAMSIDDIN GURLONIY VA UNING “AL-KIFOYA” ASARI: FIQHIY MEROSDAGI O‘RNI VA HOZIRGI TA’LIMDAGI AHAMIYATI

Islom huquqi (fiqh) sohasida yozilgan asarlar musulmon olamida asrlar davomida nafaqat diniy bilim manbasi, balki ilmiy fikr va metodologik yondashuvlarning shakllanishida ham muhim o‘rin tutib kelgan. Ana shunday asarlar qatorida Shamsiddin Gurloniy qalamiga mansub “Al-Kifoya” asari alohida e’tiborga loyiqdir. Bu asar o‘zbek islom ilm-fani tarixida yirik fiqhiy iz qoldirgan, ayniqsa “Hidoya” kitobi asosida yozilgan sharh sifatida mashhurdir. Ushbu maqolada “Al-Kifoya” asarining o‘ziga xos jihatlari, boshqa asarlardan farqlari, hozirgi diniy o‘quv yurtlarida undan foydalanish istiqbollari tahlil qilinadi. “Al-Kifoya” asarining umumiy tavsifi Shamsiddin Gurloniy o‘z zamonasining yetuk faqihlaridan bo‘lib, fiqh fanining rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan. Uning “Al-Kifoya” asari mashhur hanafiy faqihi Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asariga yozilgan muhim sharhlaridan biridir. Asar nafaqat matn izohi, balki muallifning tahliliy yondashuvi, dalillar bilan ishlashi va masalalarni chuqur sharhlashi bilan ajralib turadi. Bu jihatlar uni oddiy tarjima yoki takroriy izohdan yuqori darajaga ko‘taradi. Asarning boshqa sharhlardan farqli jihatlari Tahliliy va mantiqiy uslub: Gurloniy “Al-Kifoya”da masalalarni izohlashda yuzaki bayonlardan chetlab, ularning asosida yotgan dalil va qoidalarni tahlil qiladi. Bu metodologiya hozirgi zamonaviy ilmiy talablarga ham mos tushadi. Maqsadga yo‘naltirilgan sharh: “Hidoya” kabi murakkab fiqhiy matnni talabalarga tushunarli qilib yetkazish, uning asosiy g‘oyasini ochib berish maqsad qilingan. Har bir fiqhiy masala bayoni ortida muallifning o‘z mulohazasi ham joy olgan. Tashbih va misollar: Asarda ko‘plab misollar orqali nazariy fiqhiy qoidalar hayotiy holatlarda qanday qo‘llanilishini ko‘rsatadi. Bu esa talabalar uchun mavzuni anglashni osonlashtiradi. Asarning e’tiborli jihatlari Tilning soddaligi: Qadimiy arab tilidagi murakkab iboralar o‘rniga, ko‘proq tushunarli, didaktik uslub tanlangan. Tashkiliy tuzilma: Asar muayyan mavzularga ajratilgan, har bir bob mantiqiy tartibda keltirilgan. Dalillarning keng qo‘llanilishi: Qur’on, Hadis, Ijmo’ va Qiyos kabi asosiy manbalarga ko‘plab murojaatlar mavjud. Bugungi diniy ta’lim muassasalarida “Al-Kifoya”dan foydalanishning ustuvor jihatlari Tushunishga yengillik: “Hidoya” asari o‘zining mukammalligi bilan birga murakkab uslubda yozilgan. “Al-Kifoya” esa bu murakkablikni soddalashtirib, talabalar uchun tushunarliroq qiladi. Ilmiy tahlilga asoslanganlik: Hozirgi zamonaviy diniy ta’lim, ayniqsa oliy darajadagi o‘quv yurtlari, mantiqiy tahlil va dalillarga asoslangan ta’limga ehtiyoj sezmoqda. “Al-Kifoya” bu borada yetarli darajada ilmiy asosga ega. Pedagogik moslik: Talabalar bilan ishlashda “Al-Kifoya”ning o‘ziga xos pedagogik qulayligi mavjud – mavzular bosqichma-bosqich ochiladi, muhokamalar orqali tushunchalar mustahkamlanadi. Xulosa Shamsiddin Gurloniy rohmatullohu alayh qalamiga mansub “Al-Kifoya” asari hanafiy fiqhining yuksak namunalaridan biri bo‘lib, ayniqsa Burhoniddin Marg‘inoniyning “Hidoya” asariga yozilgan eng sermazmun va amaliy sharhlar qatoridan joy oladi. Ushbu asar o‘zining tahliliy-uslubiy yondashuvi, dalil va asoslar bilan boyitilganligi, fiqhiy masalalarni hayotiy misollar orqali yoritib berishi bilan boshqa sharhlardan ajralib turadi. Bu xususiyatlar uni nafaqat o‘tmishdagi ilmiy an’analar namunasi, balki bugungi kun ta’lim talablariga javob beradigan dolzarb manba sifatida ko‘rsatadi. Bugungi zamonda diniy ta’lim tizimi chuqur va mantiqiy yondashuvga asoslangan fiqhiy bilimlarni talab qilmoqda. Talabalar o‘zlashtirishda murakkab va qisqa iborali matnlardan ko‘ra, ularning mazmunini tushuntirib beruvchi, dalillarga asoslangan, o‘zaro qiyosli tahlil yuritilgan asarlarga ehtiyoj sezmoqda. “Al-Kifoya” aynan shunday asar bo‘lib, Hidoya kabi yirik fiqhiy asarning mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Shuningdek, “Al-Kifoya” asarining yurtimizda yozilganligi, mahalliy fiqhiy tafakkur va ilmiy merosning yuksak namunasi sifatida shakllangani ham uning qiymatini oshiradi. Bu asar orqali talaba nafaqat fiqhiy bilimga ega bo‘ladi, balki o‘z milliy diniy merosiga ham chuqurroq nazar bilan qaraydi. Bu jihat, ayniqsa,...

Muhammad G’azzoliyning “Fiqhu siyra” asariga o’zgacha yondashuvi

Siyrat olami borasida eng mashhur ulamolar haqida gap ketar ekan, Ibn Ishoq va Ibn Hishom rahmatullohi alayh nomlari zikr qilinadi. Bu buyuk shaxslardan keyin yuzaga chiqqan siyrat ulamolari deyarli barchalari shu ikki shaxsning keltirgan ma’lumotlariga suyanishadi. Siyrat ulamolari o’z uslublarini muhaddislar uslubidek tuzishgan. Ular Rosuli Akram sollallohu alayhi vasallamning hayotlariga tegishli xabarlarni, Rosulni ko’rgan va eshitgan sahobalardan rivoyat qilgan roviylar silsilasiga suyangan holda to’plashgan. Oldingi siyrat kitoblarida har bir ma’lumotning roviylari sanadi bilan keltirilgan. Avvallari, siyratga aloqador ma’lumotlarni iloji boricha to’liq jamlashga etibor qaratilgan. Hattoki siyratga oid kitoblarga sharhlar ham yozishgan. Keyinchalik, rivoyatlarning quvvati ma’lum bo’lgach, talabalarga oson bo’lsin deb roviylar silsilasini to’liq zikr qilishdan chetlanishgan. Roviylar silsilasini o’rniga sahobani zikr qilish bilan kifoyalanishgan. Vaqt o’tib, aksar insonlarning mashg’ulotlari ko’payib, mufassal kitoblarni o’qishga imkoniyatlari bo’lmagach, muxtasar siyrat asarlari paydo bo’lgan. Maqsad, mo’min-musulmonlarga sevikli payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlari haqida xabar berishdir. Har bir davrning, har bir musulmon o’lkasining o’ziga xos siyrat ulamolari bo’lishadi. O’z zamonasining yetuk olimi Muhammad G’azzoliy ham nabaviy siyratga oid “Fiqhu Siyra” asarini yozgan. Bu asar siyratga tegishli ma’lumotlarni chuqur tahlil qilib, ulardan kelib chiqadigan ibratlar, hukmlar va hikmatlarga alohida e’tibor beriladi. Siyrat dunyosida juda ko’plab olimlar yashab, unda ko’plab kitoblarni yozib ketishgan. Ibn Ishoq, Ibn Hishom, Tabari, Ibn Sad kabi olimlar bu yo’lda ilk poydevorlarni qo’ygan bo’lishsa, Muhammad G’azzoliy bu boy merosga zamonaviy ruh, tafakkur va ijtimoiy sezgirlik olib kirdi. Uning “Fiqhu Siyra” asari oddiy voqealarni jamlagan tarixiy xronologiya emas. Bu- tafakkurga chorlovchi, saboq beruvchi va hozirgi musulmon uchun yo’l ko’rsatuvchi bir asardir. Bu asarining mazmuni, voqealar orqali odob-axloq, siyosat, jamiyat boshqaruvi borasida ma’lumotlar olish va zamonaviy muammolarga ham islomiy nuqtayi nazaridan javoblarni topishimiz mumki. Uning siyrati tafsirga yaqin, har bir urush, har bir qaror, har bir suhbatda iymon va sabr yotganini ochiqarib beradi. G’azzoliyning asari, zamonaviy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlar bilan aloqador. Masalan, musulmon jamiyatidagi bo’linishlar, kuchsiz boshqaruv, adolat yo’qotilishi kabi muammolarni Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning rahbarliklari bilan solishtiradi. Bu yondashuv Ibn Sa’d yoki Imom Tabari asarlarida yo’q balki ular tarixiy ketma ketlikka sodiq qolishgan. G’azzoliy esa o’quvchini o’sha tarix ichiga kirgizib, hozirgi holat bilan qiyos qilishga undaydi. G’azzoliyning yozuv uslubi sodda, ammo chuqur. U o’quvchini mantiqan ham hissan jonlantiradi. Uning har bir sahifasi “Musulmon bugun qanday yashashi kerak?” degan savolni kitobxoniga uyg’otadi. G’azzoliy asarni tarix sifatida emas, balki shariat qoidalari va tarbiya mezoni bilan birga ko’rib chiqadi. Mana shu jihat bilan boshqa siyrat ulamolaridan ajralib turadi. “Fiqhu siyra” asaridan bir voqeani olsak, uni G’azzoliy tahlillari bilan ko’rib chiqsak. Masalan, “Toif voqeasi”ni qisqacha bayon qilsak, hijratdan oldin, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Makkada qiynalib, quraysh zulmlaridan qutilish va da’vatni kengaytirish maqsadida Toif shahriga yo’l olgandilar. U yerda Saqif qabilasining obro’li kishilaridan yordam so’radilar, ammo ular u zotni mensimay, istehzo qildi, hatto shahar bolalarini u zotga qayirib, tosh ottirdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam esa jarohatlari bilan ezilgan holda, bo’g’ bo’stonda panoh topdilar. Muhammad G’azzoliy uchun voqea shunchaki bir rad etilgan da’vat emas, chuqur saboqlar, iymon mustahkamligi va da’vat namunasidir. G’azzoliy bu voqeani musulmonlar boshiga keladigan sinovlarning eng og’iri sifatida sharhlaydi. Unga ko’ra, Rosuli akram Toifda...

Qurʻoni karim ma’nolarini tushunishda balogʻat ilmining ahamiyati

Qurʼoni karimni Alloh taolo eng yuksak darajadagi fasohat va balogʻat bilan nozil qilgan. U arab tilini barcha nozik jihatlarini o‘zida mujassam etgan kitobdir. Qur’oni karimni chuqur va to‘g‘ri anglashda arab tili ilmlari muhim vositalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, balogʻat ilmi — Qur’on oyatlarining nozik ma’nolarini idrok etishda beqiyos o‘ringa ega. Qur’oni karimda  xilma-xil uslublar — xitob, ogohlantirish, xushxabar berish, hikoya qilish va boshqa uslublar mavjud. Har bir uslub o‘ziga xos vaziyatda, o‘ziga mos ta’sir kuchiga ega. Balogʻat ilmi bu uslublar orasidagi tafovutlarni tushunish va ularning ahamiyatini anglashda yordam beradi. Oyatlarning mo‘jizaviyligi faqat mazmunida emas, balki uning tilidagi badiiy go‘zalligida hamdir. Agar balogʻat ilmi e’tibordan chetda qolsa, Qur’on oyatlarining noto‘g‘ri talqin qilinishi, ularning ilohiy ma’nolari e’tiborsiz qolishi, hatto chalkash tushunchalar shakllanishi mumkin. Balogʻatni bilmagan kishi, Qur’on oyatlaridan ko’zlangan maqsadlarni tushunmay, uni faqat zohiriy talqin qilishi mumkin. Bu esa Qur’on ilmlarining insonlar ruhiyatiga yetib borishda katta to‘siq bo‘ladi. Bugungi kunda Qur’onni anglash, unga tafsir berish, undan hayotiy saboq olish istagida bo‘lgan ko‘plab kishilar uchun balogʻat ilmini o‘rganish dolzarb masalaga aylangan. Chunki Qur’on tafsirida yuzaga kelayotgan ayrim chalkashliklar yoki turlicha talqinlar ko‘pincha balog‘aviy jihatlarni anglamaslikdan kelib chiqadi. Shu boisdan, Qur’on ilmlari bilan shug‘ullanuvchi har bir kishi balogʻat ilmini zarur darajada bilmog‘i lozim. Balogʻat — arab tilida “yetish”, “erishish” ma’nolarini bildiradigan بلغ (balag‘a) fe’lidan olingan bo‘lib, istilohiy jihatdan fikr va ma’noni go‘zal, aniq va holatga mos tarzda ifoda etish mahoratini bildiradi. Balogʻat ilmi uch asosiy bo‘limdan iborat bo‘lib, har biri Qur’on oyatlarini turli jihatdan anglashga xizmat qiladi: Maʻoniy ilmi: Bu bo‘lim so‘zning maqomga mosligini, fikrning joyida va vaziyatga qarab aytilganligini tahlil qiladi. Masalan, muhatabning holatiga qarab gapning ifoda shakli qanday o‘zgarishi kerakligini o‘rgatadi. Qur’onda bu jihat juda nozik tarzda ishlatilgan: ba’zan qat’iy buyrug‘, ba’zan muloyim, ba’zida ogohlantiruvchi ohangda bo‘ladi. Maʻoniy ilmi bu farqlarni tushunish imkonini beradi. Bayon ilmi: Bayon ilmi ma’noni tashbeh, istiʻora, kinoya kabi usullar orqali chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Bu bo‘lim fikrni tasvir orqali etkazish, ruhiy holatni misol orqali ifodalashni o‘rgatadi. Qur’onda bunday ifodalar juda ko‘p. Badiʻ ilmi: Bu bo‘lim nutqning go‘zalligini, ohangdorligini o‘rganadi. Badiʻ ilmida tajnis, muqobala kabi usullar orqali nutqqa go‘zallik beriladi. Qur’onda ko‘plab oyatlarda bu uslublar mavjuddir. Xulosa: Balogʻat ilmi — Qur’onni nafaqat tushunish, balki his qilish, ruhiyatga singdirish, va uni chuqur anglash vositasidir. Ushbu ilm orqali oyatlardagi xitob, tashbeh, va ma’no go‘zalligini to‘liq tushunish mumkin bo‘ladi. Shuning ushun har bir Qur’on ilmlari bilan shug‘ullanadigan kishidan balogʻat ilmini puxta egallashi talab qilinadi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi Raximov Abdulbosid Muhammad Ali o‘g‘li 90

SAHIHUL BUXORIY ASARIDA “TAHORAT” KITOBIDA KELGAN HADISLAR TAHLILI

Dinimizda har bir narsalarda alohida etibor qaratilganidek ibodatning durust bo‘lishi uchun shart bo‘lgan poklikka ham katta etibor qaratilgan.Bizning buyuk bobokalonimiz bo‘lgan amirulmuminin Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rohimahulloh ham “al-Jome as-Sahih” kitobida alohida nazar qilib bir kitobni u haqida ajratdi va sahih hadislarni keltirdi. “Tahorat kitobi”da imom Buxoriy rohimahulloh jami yetmish beshta bob keltirganlar. Ulardan tashqari uchta bobga nom bermay keltirganlar. Ular quyidagilar: Birinchi- “Uylarda qazoyi xojat qilish haqidagi bob”dan so‘ng keltirdib, dalil uchun shayxlari Ya’qub ibn Ibrohim rohimahullohdan mutassil sanad bilan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: “Bir kuni uyimiznig tepasiga chiqqan edim. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning Baytul Maqdisga qarab ikki g‘isht ustida qazoyi xojat qilayotganlarini ko‘rdim”[1].dedi. Abu Zar Hiraviy, Asiliy va Abul Vaqtlarning rivoyatida “Bob” kalimasi tushib qolgan. Hofiz ibn Hajar rohimahulloh aytadi: “Ya’qub u Duraqiydir, sanadda kelgan uning shayxi Yazid esa Ibn Horundir huddi Abu Zarr va Asiliylarning rivoyatiga kelganidek. Uning bu sanadda kelgan ustozi Yahyo esa u Ibn Sai’d Ansoriy bo‘lib avvalroq “Ikki g‘ishtni ustida qazoyi xojat qilish bobi”da  imom Molik ham ushbu hadisni shu zottan rivoyat qilgandi”[2].deydi. Anvarshoh Kashmiriy: “Buxoriy rohimahulloh yuqoridagi bino va devordan istisno qilib bu yerda ushbu hadisga qiyos qilib tarjama keltirdi ko‘plarning zehniga “Bu hadisga tarjama keltirmadi” degan o‘ykelmasin. Chunki musannif bu hadisga avvalgisini tarjama qildi va uni keltirgani uchun bu hadisni ham avvalgi tarjamani ichiga kirgizib yubordi”[3].deydi. Hofiz Qastalloniy rohimahulloh: “Baytul Maqdisga qarab, degan lafz Yahyo Ansoriy rohimahullohning rivoyatlarida kelmagan, balki uni o‘rniga “Qiblaga orqa qilib” degan lafz kelgan va Ubaydullohning rivoyatida ham shunday. Bunday bo‘lishining sababi Madinada turib Shomga yuzlanishdan Qiblaga orqa qilish kelib chiqadi. Ubaydullohning rivoyatida esa buni ochiqlash va ta’kidlash uchun zikr qilingan. Bu hadisda “Baytul Maqdisga yuzlanib” degan jumla bilan keltirdi, avvalgi hadisda esa “Shomga yuzlanib” degan jumlani keltirgandi, lafzlar turlicha bo‘lsa ham ma’no birliga uchun”[4]. Hadisni bu yerda keltirishdan imom Buxoriy rohimahullohning maqsadi uyning ichida  hojatxona qilish joizligini bildirishdir. Hojatda o‘tirganda qiblaga yuzlanish yoki orqa qilib o‘tirish haqidagi bahslar esa yuqorida aytib o‘tildi[5]. Ikkinchi- “Odamlarning tahorat suvidan ortganini ishlatish haqidagi bob”dan keyin keltirdilar. Imom Qastalloniy: “Bu yerdagi“باب” kalimasi tanvinli, Mustamliyning rivoyatida kelganidek tarjamasiz va bobning o‘zi ham ko‘pchilikning rivoyatida yo‘q va bu hadis avvalgi bobdagi oxirgi hadis orasini ajratishmagan   U yerda ustozlari Abdurrahmon ibn Yunus rohimahullohning sanadi ila Soib ibn Yazid roziayallohu anhudan rivoyat qiladi: “Xolam meni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib borib: “Ey Allohning Rosuli, singlimning o‘g‘li dardman”, dedi. Shunda u zot boshimni siladilar va menga baraka so‘rab duo qildilar. Keyin tahorat qildilar . Men tahorat suvlaridan ichdim. So‘ngra u zotning orqalarida turdim va ikki kuraklari o‘rtasida o‘tovning tugmasiga o‘xshagan nubuvvat muhrini ko‘rdim”.degan hadisni keltirdilar. Qastalloniy aytadi: “Sanadda imom Buxoriyning shayxlari Abdurrahmon ibn Yunus keldi u Hofizlardan biri Abu Muslim Bag‘dodiy Sufyon ibn Uyayna va boshqalarga imlo qilgan Mustamliydir 224-hijriyda to‘satdan vafot etgan.Hotim ibn Ismoil esa Ko‘fiy va Madinaga ko‘chib kelgan hamda u yerda Horun ar-Rashidning xalifalik davrida 186-hijriyda vafot topgan. Ja’d esa aksarlarning rivoyatida Jai’d bo‘lib tasg‘ir siyg‘asida kelgan va bu mashhurroqdir, u ibn Abdurrahmon ibn Avs Madaniy Kindiydir. Soib ibn Yazid roziyallohu anhu kichik sahobalardan yetti yoshida...