Yurtimiz qadimdan beri ko`plab qorilarga beshik bo`lib kelyapti. Xalqimizning Qur`onga bo`lgan muhabbati, o`rganishga bo`lgan ishtiyoqi tahsinga sazovor. Yurtimizda Qur`oni karimni Imom Osimning Imom Hafsdan qilingan rivoyati bo`yicha o`qish urfga kirgan. Ammo xalqimizning ko`p qismi Qur`on desa ayni shu Imom Hafsning rivoyati bo`yicha o`qilganini tushunadi. Boshqa qiroatlar u yerda tursin qiroatimiz imomi Imom Osimning boshqa shogirdi, ya`ni Imom Shu`ba rivoyati ham borligi haqida tasavvurga ega emas...- Toshkent islom instituti talabasi Qosimjon Obidov
Oʻz davrida turli ilm sohalarida faoliyat olib borgan ushbu mutafakkir va qomusiy olimning ismi manbalarda to’liq holda Najmuddin Abu Hafs Umar ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ismoil ibn Muhammad ibn Ali ibn Luqmon an-Nasafiy as-Samarqandiy shaklida beriladi. Allomaga “Najmuddin” (dinning yulduzi) taxallusining berilishiga sabab uning islom ilmi sohalari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlarining katta boʻlganligini koʻrsatadi. Nasafiy Qur’on, hadis, aqida va fiqh kabi ilmlarni mukammal bilgan, sheʼriyat sohasida qalam tebratgan va tafsir, hadis, kalom, fiqh va sheʼriyatga doir koʻplab asarlarni meros qoldirgan...- Toshkent islom instituti talabasi Shaydullayev N