Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmning haddan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qimmati, or-nomusi toptaldi, tahqirlandi. G‘addor tuzum zulmkorlari o‘z g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir insonning yurish-turishi, kundalik mashg‘uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo‘lgan hamma jarayonlarni ham o‘z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo‘l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog‘ tushirmaslik, uning soxta obro‘-nufuzini asrash, avaylash edi...- “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov