Ramazon – Alloh taolo tomonidan mo‘minlarga in’om qilingan eng ulug‘ va muborak oy. Bu oyda Qur’oni karim nozil qilingan bo‘lib, u insoniyat uchun to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va hidoyat manbaidir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lning ochiq dalillari va (haq bilan botilni) farqlovchi (Qur’on) nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim ushbu oyni topsa, albatta, ro‘za tutsin…” (Baqara surasi, 185-oyat). - Toshkent islom instituti talabasi Aslbek UMAROV