6 yil davom etgan, butun insoniyotga og‘ir kulfatlar solgan urush tamom bo’ldi. Urush insoniyatga juda qimmatga tushdi. 50 milliondan ortiq kishi halok bo‘ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo‘lib qoldi. Moddiy talafotlar qiymmati 4 trillion dollardan oshib ketadi. Urush Yevropa, Afrika, Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda olib borildi, fashizmni tor-mor etishda ko‘p mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og‘irligi sovet kishilari zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin sovet kishilari urush alangasida halok bo‘ldi. 18 milliondan ortiq jangchilar yarador va nogiron bo‘lib qoldilar. Faxriddin YERNAZAROV, “Tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi