Shu o‘rinda “mantiq ilmini o‘rganish kerak emas”, deyuvchilar tomonidan aytilgan bir shubha va uning javobini zikr qilib o‘tsak. Ular: “Islomning avvalgi asrlarida mantiq ilmi mavjud bo‘lmagan, shunday bo‘lsa-da, mujtahid ulamolarimiz mantiq ilmiga ehtiyoj sezmagan holda dalillar, ta’riflar, ularning shartlari va turlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotni bilganlar. Demak, mantiq ilmini o‘rganish kerak emas”, deya zikr qiladilar. Ushbu shubhaga quyidagicha javob beriladi: “Ha, u zotlar mantiq ilmini o‘rganmaganlar. Ammo, o‘zingiz aytganingizdek, ular biz nazarda tutayotgan ilmlar, ma’lumotlar, ta’rif va dalillarning qanday ekanligi, qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lganlar. Biz “mantiq ilmini o‘rganish kerak”, degan gapimiz bilan, ana shu ma’lumotlarni bilishni nazarda tutayapmiz”. Bu xuddi nahv ilmiga o‘xshaydi. Ma’lumki,...