Taxallusi Bobur, to‘liq ismi sharifi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (1483-yil 14-fevral Andijonda tavalllud topgan, 1530-yil 26-dekabrda Agra shahrida vafot etgan)- o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, mashhur shoir, davlat arbobi, tarixchi, geograf, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi va temuriy shahzoda. Boburning otasi-Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi-Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi. - "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin YERNAZAROV