“Bobur Uyg‘onish davrining tipik hukmdori, mard va tadbirkor odam bo‘lgan, u san’atni, adabiyotni sevardi,
hayotdan huzur olishni bilar edi” (Javaharlal Neru)
Taxallusi Bobur, to‘liq ismi sharifi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo (1483-yil 14-fevral Andijonda tavalllud topgan, 1530-yil 26-dekabrda Agra shahrida vafot etgan)- o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, mashhur shoir, davlat arbobi, tarixchi, geograf, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi va temuriy shahzoda.
Boburning otasi-Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi-Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir Temurning uchinchi oʻgʻli Mironshoh Mirzo naslidan boʻlsa, ona tomonidan Tugʻluq Temurxonning oʻgʻli Xizr Xo‘jaxon naslidan edi uning yettinchi avlodi edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur tarjimai holiga nazar solsak, tarix zarvaraqlarida bir asrda ko‘pi bilan insoniyat tarixida yuksak iz qoldirgan, keyingi avlodlarga o‘zining jamiyatdagi mavqei, qoldirgan ilmiy, badiiy merosi bilan ibrat bo‘la oladigan 5-6 nafar shaxs dunyoga keladi. XV-XVI asr oʻzbek xalqi, adabiyoti, madaniyati tarixida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ana shunday shaxslar silsilasiga kiritish mumkin.
Taqdirning murakkab sinovlari hali juda yosh Bobur-o‘n ikki yoshga to‘lmasdan otasi, Farg‘ona viloyatining hokimi Umarshayx Mirzoning fojiali vafotidan keyin, uning o‘rniga taxt sohibi boʻlishini taqozo etishdan boshlandi. Shu kundan boshlab uning chekiga sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin bu ulkan saltanatda paydo bo‘lgan toj-taxt uchun kurashning barcha mushkullari tushib, bu ham mashaqqat va ham yosh Boburning orzusi-bobosi Amir Temurning keng hududlardagi saltanatini qayta tiklash, bu ishda temuriy shahzodalar boshini bir yoqadan chiqarishga intilishi umrining oxirigacha davom etdi. Zahiriddin Muhammad Bobur uch marotaba Samarqandni qo‘lga kiritib, atrofdan, boshqa temuriylardan madad kelmaganligi sababli shaharni qoldirib chiqdi.
Ashadiy dushmani Shaybonixon va Fargona beklaridan biri Ahmad Tanbal bilan muhoraba va urushlar olib bordi, biroq bu strategiya jihatdan muhim, temuriylarlar saltanatining fahri boʻlgan shaharni qoʻlda ushlab turolmadi. Noiloj oʻzining 250-300 nafar lashkari bilan Hisor togʻlari orqali bugungi Afgʻoniston hududiiga o‘tib, bu yerdagi eng yirik shaharlar: Qobul va Gʻaznani egalladi va markazlashgan davlat barpo etdi.
Buyuk shoh va shoir Bobur Afg‘onistondagi faoliyati chetdan kelgan bir fotih sifatida emas, bu yurtga mehr qo‘ygan, uning shaharlarni va qishloqlarni obod etish, bog‘lar barpo etish, Movarounnahr tamadunini joriy etish, mahaliy xalq blan murosa-madorada ish yuritishni o‘ziga maqsad qildi. Bu yurtda Bobur tomonidan barpo etilgan bog‘lar, suv inshootlari va obidalar bugungi kunda ham afg‘on xalqiga xizmat qilmoqda. Zahridiriddin Muhammad Bobur tomonidan yaratilgan “Bog‘i vafo”, “Bog‘i shahroro”, “Bogi jahonoro”, O‘rta bog‘” naziri yo‘q bu shaxsning o‘lkalarga ixlos kuygani, o‘zining estetik didi va qarashlarini amalga tatbih etganligining guvohidir. Uning Qobulda markazlashgan davlat barpo etganligi bu joylardagi mayda feodallik va o‘zaro nizolarni oldini olishga yordam berdi, yo‘llarda xavfsizlik choralari ko‘rilib, savdo-sotiq, xududlararo aloqalar tiklandi.
Temuriy shahzodalar, yuksak martabali shaxslar orasida Zahridiriddin Muhammad Boburning nufuzi oshib bordi. 1506 yilda Xuroson podshohi Husayn Boyqaro Shaybonixon tomonidan shikast topib, vafot etganda uning Badiuzzamon Mirzo kabi obrosi baland og‘illari, va saroy a’yonlari Boburni Qobuldan Hirotga- maslahatga, Shaybonixonga qarshi birgalikda kurashish rejasini tuzishga chaqirishdi. Bobur diplomatik muzokaraga keldi,va unda ishtirok etdi. Lekin temuriy shahzodalarning bir maqsadga kelishlari mushkul bo‘ldi, ularning har biri o‘z manfaatlarini saltanat birligidan afzal bilishlari Shaybonixonga qo‘l keldi. Shaybonixon Hirotni bosib olib, Xuroson saltanatini barbod qildi. Zahridiriddin Muhammad Boburning orzusi armonga aylandi. Oradan ko‘p o‘tmay, Eron shohi Ismoil Safaviy Shaybonixonga qarshi urush ochib, uni mag‘lub etdi.
Zahridiriddin Muhammad Bobur ko‘p mashaqqatlardan keyin, Hirotga qaytdi, yaqin qarindoshlarining xiyonati-taxtni egallashga isyoni ustidan chiqdi. temuriy shahzodalar parokandalikka yuz tutgan davr boshlangan edi.
Zahridiriddin Muhammad Bobur Hindistonni o‘z tasarrufiga kiritish fikri bor edi. Davlatchilik ishlarida kattadan-katta rejalarni amalga oshirishga ko‘zi yetgan, shunga yarasha shijoati ham yuksak bo‘lgan. Zahridiriddin Muhammad Bobur o‘z ismini yarasha shiddatli kurashlarga tayor bo‘lib, mard lashkarboshilarga o‘zini tengtosh bilib harakatga kirgan.Boburning tabiatida jasurlik hammavaqt qorqoqlik, hadiksirash kabi kishi xarakterida mavjud ruhiy holatlar ustidan g‘olib kelgan, u esa shiddatkor janglarga mardanavor kirib g‘alaba qozongan.
Zahridiriddin Muhammad Bobur Afg‘onistonda mustahkam davlat barpo qildi, biroq bu mamlakatning moddiy imkoniyati, harakatlari u orzu qilgan rejalarni qodir emasligi sababli doimo Hindiston tomonga intilishni maqsad qilgan edi. Bobur juda kam sonli lashkar bilan Hindiston sultoni Ibrohim Lodiyning kuchli armiyasiga qarshi jang olib borish jasorati Bobur a’yonlari va beklarini cho‘chitgan, bu maqsadni ularning ko‘pchiligi ma’qul ko‘rmagan.
Hindiston yo’llini tanlagan Bobur xató qilmadi. Keyinroq, u bu mamlakatda yirik bir davlat barpo etib, kattadan-katta o‘zgarishlar, islohotlar o‘tkazgan bo‘lsa ham, o‘z Vatannini sog‘inib, hind elining diqqinafas iqlimi, lashkarni boshqarishdagi mushkulliklar oldida qolib”…O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, yo Rab istayin ne yuz karolig‘ bo‘ldi”, deb nido qilganligini ko‘ramiz.
Zahridiriddin Muhammad Bobur Hindistonga kirar ekan o‘zining kam sonli lashkari bilan Hind sultoni Ibrohim Lodiyningyuz mingdan ortiq lashkari va harbiy istehkomi, ikki mingfan ortiq jangovar fillarni yakson qilib, uch marotaba yirik muxorabalari natijasi sababli, Hindistonning shimoliy sarhadlaridan boshlab, Agra shahri, Bhira viloyatiga qadar yagona davlatni barpo qildi va uni boshqardi.
Zahridiriddin Muhammad Boburning davlatchilik siyosati va harbiy mahorati juda yuqori edi. Bobur buyuk podjoh, bobosi sohibqiron Amir Temurning munosib vorisi sifatida uning saltanatini qayta tiklash, dovrug‘siz, manmanlikka berilmay yuksak saltanatni barpo etish va davlatchilik ishlarini amalga oshirsishni umr maqsad qildi.
Bobur davlatchilik siyosatining bosh kaliti- temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro kabi faqat o‘zining tinch-osoyishta hayotni saqlash, saltanatini mustahkam qo‘rg‘onlar, yetuk askar, zobitlar bilan ta’minlash, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga yuksak e’tibor beribgina qo‘lmay, bobosi sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin uning imperiyasi tasarrufida bo‘lgan yurt va yerlarni qayta egallash, muqim, yagona davlatchilik siyosatini yuritish, parokanda temuriyzodalarni bu maqsad sari birlashtirishdan iborat edi. Bobur bu maqsadi sari siyosiy tanglik, murosasizlik, ayniqsa, sohibqiron Amir Temurdan qolgan hudud, boylik sari olib borgan kurashlarni bir bayroq ostida birlashtirishni istadi, bunga ko‘p jihatdan erishdi ham, armon bo‘lib qolgan niyatlari ham ham bor edi.
Shaxsga baho berishda davlat boshqaruvi bilan bog‘liq strategik masalalarni hal qila olishi yoki unga uquvsizligi, harbiy mahorati, ayniqsa jangu jadallardagi sarkardalik salohiyati, mohir jangchi sifatidagi fazilatlari, saltanat ishlarini yechishda maslahat va kengash tamoyillariga qanday amal qilishi, xazinadagi boylikni tasarruf etishdagi qobiliyati, bunyodkorlik ishlaridagi ko‘lami singari muhim ishlar shoh Boburning diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Albatta, bu me’yorlarni Bobur barcha davlat boshqaruvida bo‘lganlar uchun bir xilda qo‘ymagan.U bu mezonni asosan yirik sultonlar, sarkardalar, davrning mashhur shaxslariga baho berishda foydalangan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bobomiz Zahridiriddin Muhammad Boburning davlatchilik siyosati va harbiy mahorati juda yuqori edi. Bobur buyuk podjoh, bobosi sohibqiron Amir Temurning munosib vorisi sifatida uning saltanatini qayta tiklash, dovrug‘siz, manmanlikka berilmay yuksak saltanatni barpo etish va davlatchilik ishlarini amalga oshirsishni umr maqsad qilgan. Buyuk shoh va shoir Bobur bu maqsadi sari siyosiy tanglik, murosasizlik, ayniqsa, sohibqiron Amir Temurdan qolgan hudud, boylik sari olib borgan kurashlarni bir bayroq ostida birlashtirishni istadi, bunga ko‘p jihatdan erishdi ham, armon bo‘lib qolgan niyatlari ham ham bor edi.
Davlat boshqaruvi bilan bog‘liq strategik masalalarni hal qila olishi yoki unga uquvsizligi, harbiy mahorati, ayniqsa jangu jadallardagi sarkardalik salohiyati, mohir jangchi sifatidagi fazilatlari, saltanat ishlarini yechishda maslahat va kengash tamoyillariga qanday amal qilishi, xazinadagi boylikni tasarruf etishdagi qobiliyati, bunyodkorlik ishlaridagi ko‘lami singari muhim ishlar shoh Boburning doimo diqqat-e’tiborida bo‘lgan.
Bobomiz Zahridiriddin Muhammad Bobur buyuk yurt allomalaridan biridir. Biz bobomiz Zahridiriddin Muhammad Bobur bilan doimo faxrlanamiz.
Foydalanilgan adabiyot va Internet saytlari:
1.Убайдулла Уватов. Буюк юрт алломалари.Тошкент.“O‘zbekiston”. 2016. 424 б.
- w.w.w. uz.wikipedia
3.w.w.w. tafakkur.net
4.w.w.w. baburid.uz
«Tillar» kafedrasi katta o‘qituvchisi Faxriddin Yernazarov tomonidan tayorlandi.






