islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37
May 12, 2026

Day

AYOLLAR KOSMETIKASIDA JOIZ VOSITALAR VA AMALIYOTLARNING SHAR’IY TAHLILI

Ayollarning ziynatga, ya’ni bezak, go‘zallik va taqinchoqlarga bo‘lgan qiziqishi inson tabiatining ajralmas qismi bo‘lib, Alloh taolo buni ayol zotining o‘ziga xos fitriy xususiyati sifatida yaratgan. Ushbu rag‘batning asosi Qur’oni karim va sunnati nabaviyda o‘z aksini topgan. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, ayol kishi tabiatan go‘zallikka intilgani uchun ayblanmaydi; aksincha, shariat ayolning o‘ziga qarashini munosib ko‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam soliha ayol haqida so‘zlab: “Agar u (eri) unga qarasa, xursand qiladigan...” deya marhamat qilganlar.