Bir kishi Arafotda ulovidan yiqildi-da, boʻyni sinib, vafot etdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Unga xushboʻylik surtmanglar (yaʼni, jasadiga atr quymanglar) va boshini yopmanglar! Zero, u Qiyomat kunida talbiya aytgan holida qayta tiriltiriladi” dedilar. Biz sajda uzra, roʻzador holatda yoki ehromda vafot etgan kishilardan goʻzal xushxabar umid qilamiz. Biroq, “goʻzal xotima” faqatgina biron ibodat ustida jon berish degani emas...