islom-instituti@mail.ru         71-227-42-37

Qanday oʻlish emas, qanday yashash darsi

Bir kishi Arafotda ulovidan yiqildi-da, boʻyni sinib, vafot etdi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Unga xushboʻylik surtmanglar (yaʼni, jasadiga atr quymanglar) va boshini yopmanglar! Zero, u Qiyomat kunida talbiya aytgan holida qayta tiriltiriladi” dedilar.

Biz sajda uzra, roʻzador holatda yoki ehromda vafot etgan kishilardan goʻzal xushxabar umid qilamiz. Biroq, “goʻzal xotima” faqatgina biron ibodat ustida jon berish degani emas…

Haqiqiy goʻzal xotima – zimmangda bandalarning haqqi boʻlmagan holda bu dunyoni tark etishingdir!

Odamlar sening qoʻlingdan ham, tilingdan ham, moli, joni va nomusiga nisbatan omonlikda boʻlganida oʻlim topishingdir!

Sila-i rahm qilgan, ota-onasiga yaxshilik koʻrsatgan farzand boʻlib koʻz yumishingdir!

Axir, na Nabiy sollallohu alayhi vasallam va na Abu Bakr sajda ustida vafot etganlar…

Demak, asl masala insonning qanday oʻlganida emas, balki qanday yashaganidadir!

Zero, Alloh yoʻlida oʻlish kabi yuksak va ulugʻvor biron bir narsa boʻlsa… U ham boʻlsa,  Alloh yoʻlida yashamoqdir!

Adham Sharqoviyning رسائل من النبي ﷺ kitobi asosida

TII Magistratura talabasi Turaqulov Abdurahim tayyorladi.

463740cookie-checkQanday oʻlish emas, qanday yashash darsi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: