Islom dinida ta’ziya, ya’ni mayyit ahliga hamdardlik bildirish, koʻngillarini koʻtarish savobli ishlardandir. Bu haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim birodariga musibat sabab ta’ziya bildirsa, Alloh unga Qiyomat kuni ikrom liboslaridan kiydiradi”, deganlar. Shuningdek, boshqa bir hadisda: “Kim musibatga uchraganga ta’ziya bildirsa, unga ham musibatga uchraganning mislicha savob bor”, deya ta’ziyaga targʻib qilganlar. Shunga koʻra ulamolarimiz har bir musulmon erkak va musulmon ayolga ta’ziyaga borish mustahab deb hukm qilganlar. Ta’ziyaga borgan kishi shunday deb aytishi sunnatdir: "Alloh ajringizni ulugʻ qilsin, azangizni chiroyli qilsin va mayyitingizni magʻfirat qilsin".
Жазоир Халқ Демократик Республикасидаги Ислом илмлари ва цивилизациясини тадқиқ қилиш марказида XII халқаро маданий фестивали ҳамда унинг доирасида халқаро илмий симпозиум бўлиб ўтди.