islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

Sulton Hasan masjid-madrasasi

Sulton Hasan masjid-madrasasi — Qohiraning tarixiy tumanidagi Salohiddin maydonida joylashgan boʻlib, 1356—1363-yillarda mamluklar sultoni boʻlmish Sulton an-Nosir Hasan tomonidan qurilgan meʼmoriy yodgorlik majmuasi hisoblanadi. Majmua masjid, madrasa va Sulton Hasan maqbarasidan iborat. Masjid oʻzining ulkan oʻlchami va innovatsion meʼmoriy tarkibiy qismlari bilan ajoyib hisoblangan va bugungi kunda ham Qohiradagi eng taʼsirchan tarixiy yodgorliklardan biri hisoblanadi.

Madrasaning oʻlchami 68×155 metr boʻlib, toʻrtta ayvonli, maydoni 32×34,6 metr keladigan hovlisi ham boʻlgan. Madrasa ayvonlarining eng kattasida masjid xonaqohi joylashgan. Madrasaga hovlining toʻrt tomonidan kiriladigan darvozalari boʻlib, madrasa hovlisi atrofidagi hujralar toʻrt qavatli boʻlgan. Masjid devorlari marmar bilan qoplangan, poliga koshin yotqizilgan. Mehrob yonidagi minbar marmardan ishlangan. Mehrobning ikki yonida maqbaraga kiriladigan eshiklari boʻlib, eshiklardan biri oltin va kumush bilan qoplangan. Oʻlchamlari 21×21 metr keladigan maqbara esa marmar bilan qoplangan. Gumbaz osti bagʻali muqarnasli(meʼmoriy bezak turi) boʻlgan. Keyinchalik ushbu gumbaz XVII asrda kayta tiklangan. Hovli oʻrtasidagi marmar ustunli koʻshk oʻrtasiga favvora oʻrnatilgan. Peshtoqi (balandligi 38 metr) muqarnas bezaklar tosh oʻymakorligi va qadama naqsh bilan jozibador bezatilgan. Guldastaminorasi (burj, tashqi devorlar tutashgan burchakda tirgak sifatida va ayni paytda, bezak maqsadida devorga qoʻshib tiklangan ustunsimon qurilma, kichik minora) oʻziga xos milliy uslubda ishlangan. Sulton Hasan masjid-madrasasi Mamluklar hukmronligi davri qurilishidan qolgan, koʻlami va hashamdorligi jihatdan eng ahamiyatli yodgorliklardandir.

 

Toshkent islom instituti taabasi

Fayzullayev Sulaymon

410610cookie-checkSulton Hasan masjid-madrasasi

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: