islom-instituti@umail.uz         71-227-42-37

ARAB TILIDA SO’ZLASHUV MAHORATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Yer sharida yashovchi (yoki avval yashagan) xalqlarning so’zlashgan tillari juda ko’p bo’lib, ularning umumiy soni 2500 dan 5000 gacha. Shulardan ingliz, fransuz, nemis, rus, xitoy, arab tillari bugungi kunda dunyo muloqot qiladigan asosiy tillardan hisoblanadi.

Arab tilida yer yuzida 400 million kishi so‘zlashadi. Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub bo’lib, Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrika shimolidagi yigirma beshdan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. (2025).

Qadimgi arab olimlari arab tilining paydo bo’lish tarixi haqida turli qarashlarga ega bo’lib, ayrimlari uni Odam alayhissalom bilan bog’lagan, boshqalari esa uni Ismoil alayhissalom bilan bog’lashgan

Bugungi kunda arab tilini organuvchilar soni borgan sari ko’payib bormoqda. Bu avvalo arab tili Islom dini asosiy manbalari bo’lmish Qur’oni Karim va Hadisi sharif tili bo’lganligi bilan izohlansa, ikkinchi tarafdan yurtimiz fuqarolarining Haj va Umra safarlariga borishlari, qolaversa arab yurtlariga ziyorat turizmlari ko’plab tashkil qilinayotganligi bilan izohlanadi. Yurtimizda, xususan poytaxtimiz Toshkentda bir necha o’nlab arab tili o’quv kurslari faoliyat yuritmoqda. Ular turli xil o’qitish usullaridan foydalanishadi. Biz quyida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi tilni o’ranishga hissa qo’shadigan bir nechta uslublar haqida gaplashamiz.

Matnlarni yodlash uslubi. Bu usul arab tilini o’rganishning eng qadimiy usuli hisoblanib, Qur’oni karim suralari, hadisi shariflardan namunalar va diniy matnlar va arab adabiyoti namunalaridan yodlash orqali tilni o’rganiladi. Bu uslubda talaffuz va ifodani to’g’riligiga jiddiy e’tibor beriladi.

Grammatika tarjima usuli. Bu usulda til qoidalarini mukammal bilishga e’tibor qaratiladi. Talabalar grammatikani ustoz yordamida o’rganib, so’ngra ustoz yordamida mavzuga aloqador matnlar tarjima qilinadi. Ushbu usulda o’quvchi sinchkov bo’lishi darkor.

“Suqrot” usuli. Bu usul Yunon faylasufi Suqrot (miloddan avvalgi 461–399 yillar) nomi bilan ataladi va u bu usulni birinchi bo‘lib qo‘llagan. Suqrot Afinada kezib, o‘zini bilimsiz ko‘rsatib, boshqalardan ilm olishga intilgan. U muayyan muammoni tanlamasdan, muhokama jarayonida muammo aniqlangach, muloqotni boshlardi. U suhbati davomida sherigining xatolarini ko‘rsatib, uni aniq, inkor qilib bo‘lmaydigan haqiqatga olib borardi. Bu usulning asosiy maqsadi fikrlarni shakllantirish.

Eshitib takrorlash va yod olish uslubi. Bu usul qadimda kitob yetishmagan, o’quvchilar sinfda kam bo’lgan xolatda paydo bo’lgan va kitob chop etish ixtiro qilinib, kitoblar ko’payguncha bo’lgan davrda keng qo’llanilgan. Agarchi bu uslub oddiy bo’lib ko’rinsada o’quvchilarni to’liq qamrab olish va nazorat qilish jihati bilan ustun hisoblanadi va qolaversa o’quvchilarda tinglash qobiliyatini kuchaytiradi.

Biz yuqorida arab tilini o’rgatishga aloqador an’anaviy va zamonaviy uslublardan ayrimlarini keltirib o’tdik. Qaysi uslubni qachon qo’llash albatta o’qituvchining tajribasi va pedagogik mahoratiga bog’liq. Til o’rganishda an’anaviy va zamonaviy uslublarni o’z o’rnida qo’llay olish kerakli natijaga tez va oson olib boradi.

Ibrohim XAYDAROV,

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi 

445584cookie-checkARAB TILIDA SO’ZLASHUV MAHORATINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Сиз нима дейсиз, фикр билдиринг: